Monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etish boʻyicha oʻquv amaliy seminar

Joriy yilning 9-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida” gi Qonuni  ijrosini taʻminlash maqsadida Markazda “Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini taʻminlash garovi” mavzusidagi oʻquv-amaliy seminari tashkil etildi. Oʻquv amaliy seminarida Raqobatni rivojlantirish va isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etish boʻlimi boshligʻi T.A.Abdurashidov va “FORENSIC” ekspert-tahlil kompaniyasi Forenzik boʻlimi boshligʻi K.I.Muyatdinov  maʻruzalari tinglandi.  Oʻquv amaliy seminarida xoʻjalik yurituvchi subʻektlarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etishning ahamiyati, korxona va tashkilotlarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etishda forenzik ekspertlar tajribasini qoʻllanishi haqidagi masalalar aytildi hamda Markaz xodimlari bilan savol-javob oʻtkazildi.

Maʻlumot uchun:

Davlat muassasalari va tashkilotlarda Monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish masalasi Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida” gi Qonunidan kelib chiqqan holda 2020-yil 6-iyuldagi 6019-sonli Prezident Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 02-martdagi 114-sonli Qarorida ham koʻzda tutilgan.

Skip to content