Seminar bo‘lib o’tdi!
✔️X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida Toshkent viloyat sudi va sud tizimi xodimlari uchun “Sud ekspertizalarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari hamda sud ekspertizaning imkoniyatlari, shuningdek “E-ekspertiza” elektron tizim ish faoliyati” mavzusidagi seminar tashkil etildi.
✔️Tadbir boshida Markaz direktori A.Xalilov X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining faoliyati, sud ekspertlik faoliyatidagi islohotlar va unda o’tkaziladigan ekspertiza turlari haqida ma’ruza qildi.
✔️Bundan tashqari seminarda tergovga qadar tekshirish, surishtiruv va dastlabki tergov organlari hamda sud xodimlari uchun sud ekspertizalarini oʻtkazishga zarur boʻlgan tadqiqot obyektlarini yigʻish, saqlash va taqdim etish usullari muhokama qilindi.
✔️Jumladan:
🔹Sud qurilish texnikaviy ekspertizasi;
🔹Odam DNKsi va sud biologik eskpertizasi;
🔹Sud iqtisodiy ekspertizasi;
🔹Sud avtotexnika ekspertizasi;
🔹Sud kompyuter texnikaviy ekspertizasi turlari bo’yicha malakali ekspertlar tomonidan sud tizimi xodimlariga batafsil ma’lumot berildi.
✔️Seminar yakunida sud tizimi xodimlari tomonidan ekspertiza tayinlashda yuzaga keladigan savollar yuzasidan munozara bo’lib o’tdi.