Sud ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va uning samarasi

Barcha sohalarda islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda sud ekspertlik sohasi ya’ni, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi faoliyatida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Birgina 2020-2023-yilning hozirgi davriga qadar X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bir nechta Farmon, Qarorlar qabul qilindi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
24-martdagi “Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 180-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash, malakasi va huquqiy bilimini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom va Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6256-son farmoni qabul qilindi. Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi
va O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi bo‘yicha 2021 — 2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi” O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021 — 2025 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha Kengash (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tarkibi tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 704-son qarori qabul qilinib, qaror bilan Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda 15 ta shtat birligidan iborat
Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
706-son qarori qabul qilinib, qaror asosida sud-ekspertiza sohasida kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim muassasalarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq, bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta’lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo‘yicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkinligi, nodavlat sud ekspertlarining o‘z kasbiy majburiyatlarini buzishi oqibatida yetkaziladigan zarardan jismoniy va yuridik shaxslarni himoya qilish maqsadida, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud ekspertlarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tartibi joriy etildi hamda davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga ko‘ra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 11-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Farg‘ona, Surxondaryo, Xorazm viloyat hududiy bo‘limlarida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi hamda Samarqand viloyat hududiy bo‘limida Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyalari bosqichma-bosqich tashkil qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazi va uning hududiy bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini yangi zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

“Odam dnksi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq qabul qilindi (2022-yil 15-mart, ro‘yxat raqami 3353). Buyruq asosida odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi bo‘yicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir ma’lumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni o‘tkazish tartibi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-786-son Qonuni qabul qilindi. Qonun bilan advokatlarga iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash huquqi berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-dekabrdagi “Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-xuquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
705-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizom va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 73-son qarori qabul qilindi. Qaror asosida Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

 

  1. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi bosh yuriskonsulti

BAXTIYoR MAXSADOV

Skip to content