Bugungi kundagi Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar va ularning pirovardida kundan kunga rivojlanib borayotgan jamiyatimizni transport vositalarisiz tasavvur etishimiz bir muncha qiyin masala, chunki qaysi bir sohani olib qaramaylik transport vositalari Respublikamizda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarini, aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayotini va albatta kunlik ish faoliyatimizni ularsiz tasavvur etishimiz qiyin. Aynan shu sabab transport vositalariga bo‘lgan talab kundan kunga oshib borayotgani hech birimizga sir emas.
Ammo transport vositalarini kundan kunga ko‘payishi o‘z o‘zidan yo‘l transport hodisalari sonini ko‘payishiga ham sabab bo‘lmoqda. Transport vositalarining ko‘payishi, transport vositalari oqimining tezlashishi va Yo‘l transport hodisalari holatlarining murakkablik darajasini oshib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu vaziyat Yo‘l transport hodisasi qatnashchilari o‘rtasida kelib chiqadigan nizoli vaziyatlarni har tomonlama to‘lakonli tahlil qilish, ushbu sodir bo‘lgan hodisa holatlarini qonuniy hal etish uchun tergov, tergovga qadar surishtiruv, sud organlari va barcha tergovchi, surishtiruvchilarga, Yo‘l transport hodisalarini tadqiq qilish maxsus bilimiga ega bo‘lgan mutaxassislarga bo‘lgan talabning kuchayib borishiga, shuningdek Sud ekspertiza muassasalariga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu o‘rinda alohida qayd etib o‘tishimiz lozimki, oxirgi yillarda muxtaram Prezidentimiz tomonlaridan 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmonining tasdiqlanishi va ushbu besh ustuvor yo‘nalishlardan ikkinchi yo‘nalish “Qonun ustuvorligni ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish” bo‘lib ushbu farmon asosida, muxtaram Prezidentimiz va Vazillar Mahkamasi tomonidan sohaga oid qator qarorlarning tasdiqlanishi sud ekspertlik faoliyatiga bo‘layotgan e’tiborning kuchayganidan dalolat beradi.
Xususan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 206 – sonli , 321 – sonli va 338 – sonli qarorlarni tasdiqlanishi shuningdek ularni amalga oshirilishi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga bo‘layotgan aloxida e’tibordan darak bermoqda. Ushbu davlat miqiyosidagi islohotlar pirovardida bugungi kunda Markazda 50 ta ekspertiza turlari va 69 ta mutaxassislik bo‘yicha sud – ekspertiza tadqiqotlari olib borilayotganligi, xususan yo‘l transport hodisalarini tadqiq qilish bo‘yicha markaz ekspertlarini chet el ekspertiza muassasalarida malaka oshirib qaytishi va shuning asnosida chet el tajribasini Respublikamiz hududida tadbiq qilishi va yo‘l transport hodisalarini tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan maxsus “DTP Expert”, “PC – Crash” kabi kompyuter programmalarining amaliyotga tadbiq qilinishi, ushbu dasturlar asnosida ekspertiza yo‘nalishlari bo‘yicha ekspertiza tadqiqotlari shu bilan birga jismoniy va yuridik shaxslar uchun esa mutaxascis fikrlari berib borilmoqda. Markaz va uning viloyat bo‘limlarida quyidagi ekspertiza turlari bo‘yicha 13.1 – “Sud – avtotexnika ekspertizasi (yo‘l transport hodisalari holatlarini matematik hisoblar yo‘li bilan hisoblash ekspertizasi)”, 13.2 – “Sud – transport vositalari texnik holatlarini tadqiq qilish ekspertizasi (transport vositalari vav ularni tashkil etuvchi agregat va uzellar texnik holatini tadqiq qilish ekspertizasi)”, 14.1 – “Sud transport izshunoslik (trasologiya) ekspertizasi (yo‘l transport hodisasi oqibatida trasnport vositalarida vujudga kelgan izlarni tadqiq qilish ekspertizasi)”, va 13.3 – “Sud transport baholash ekspertizasi (transport vositalarini baholash va turli (transport vositalarini yo‘l transport hodisasi oqibatida, tabiiy ofatlar oqibatida, tashqi muhit tasirida) sabalarga ko‘ra transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash )”. Yo‘l transport hodisalarini tadqiq qilish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmoqda va tegishli xulosalar, shuningdek mutaxassis fiklari berib kelinmoqda.
X.Sulaymonova nomidagi Respublika
sud ekspertizasi markazi Buxoro viloyat
bo‘limi eksperti
Baxtiyor Bobomurodovich Izomov.