O‘zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda ro‘y bergan jadal o‘zgarishlar, texnika va avtomobil sanoatidagi yutuqlar, zamonoviy avtomobillarning turi va sonining ko‘payishi hayotimizda bir talab qulayliklar yaratilsada, ulardan foydalanishdagi qator muammolar yo‘l harakati xavfsizligining yangi zamonaviy darajada ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqardi. Yo‘l harakati xavfsizligini takomillashtirilishi juda muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammoga aylandi. Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish bo‘yicha choralar tizimida jinoiy, ma’muriy va fuqaroviy-huquqiy xarakterdagi choralar katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda yo‘l-transport hodisasi natijasida voqea joyida beriladigan ko‘p savollarga yechim aynan transport izshunoslik ekspertizasi orqali olinadi.
Trasologiya so‘zi fransuzcha «la tras» – iz, grekcha «logos»- ta’limot so‘zlarining birikmasida xosil bo‘lib, «izlar xaqidagi ta’limot» degan ma’noni anglatadi. Trasologiya jinoyatlarni fosh qilishda va unga qarshi kurashda qo‘llaniladigan kriminalistik texnikaning muxim sohadir. Izlar xaqidagi ta’limot deganda keng ma’noda jinoyat sodir qilish natijasida vujudga keladigan barcha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi bilimlarni tushunamiz. Tadqiqotchi izlarni ko‘rib fikr yuritib, ularni qanday xollarda xosil bo‘lishi mumkinligini aniqlab, ekspert o‘z xulosasini beradi.
Muayyan yo‘l-transport hodisasi takrorlanmas voqeadir, shu sababli transport vositasidagi shikastlar o‘zgartirilgan yoki ta’mirlangan bo‘lsa, ekspertizaning bir qator masalalarni yechish imkoni bo‘lmaydi. Transport-izshunoslik ekspertizasiga tekshiriladigan transport vositasi yo‘l-transport hodisasidan keyingi xolati o‘zgarmasdan taqdim etilishi shart.
Ekspertiza oldiga xal etish uchun quyilgan savollarning muvaffaqiyatli xal etilishi takdim etilgan xujjatlarning to‘lik va sifatli bo‘lishiga xam bog‘liqdir. Xujjatlarning to‘lik bo‘lmasligi, ulardagi o‘lchovlarning bir-biriga mos kelmasligi savolni xal etish imkoniyatini kamaytiradi. Shunga ko‘ra, ekspertizaga takdim etiladigan ma’lumotlarga mos ravishda xal etish uchun savollar qo‘yilishi kerak.
Transport-trasologiya ekspertizasining vazifasi bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvdan keyin yo‘l transport xodisasi mexanizmini tiklashdan iborat, ya’ni transport vositalarini to‘qnashuvgacha qanday yakinlashib kelganligi, qaysi qismlari bilan qanday burchak ostida to‘qnashganligi va to‘qnashuvdan keyin qanday harakatlanganligini aniqlashdan, qisqacha aytganda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvdan keyingi yo‘l transport xodisasi mexanizmini qayta tiklashdan iborat. Yo‘l transport hodisasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda sud trasologik ekspertlarini sud avtotexnika va sud transport-izshunoslik ekspertizalari tadqiqotlarida xamkorligi beqiyos. Shuni aytib o‘tish lozimki, agar transport vositalari to‘qnashgan bo‘lsa ular o‘zaro to‘qnashganmi degan savolni sud izshunos ekspertlari hal etadi. Ko‘p xollarda sud transport-izshunoslik ekspertlari adashib qoladilar va xal etadilar. Sud transport-izshunoslik ekspertlari agar transport vositalarini to‘qnashuvi vaqti tasdiqlangan bo‘lsa, ular tadqiqot etadilar, agar ularning to‘qnashganligini tekshirishi yoki texnik shikastlar qanday xosil bo‘lganligini aniqlash sud izshunoslik eksperti mutaxasislari hal etadigan masalalar qatoriga kiradi.
Hozirgi vaqtda ko‘p savollar transport-izshunoslik ekspertizasida voqea kuni tuzilgan chizma va transport vositalarini ko‘zdan kechirish yo‘li orqali hal etiladi. Shuningdek ba’zi savollarni xal etishda ekspertlar tomonidan masshtabli chizma tuziladi. Transport vositalarini bir-biriga nisbatan yaqinlashib kelishi, urilish jarayoni va to‘qnashuvdan keyingi harakatlanishini xar doim ham aniq bilib bo‘lmaydi, bu xolatlarni voqea joyidagi izlar, transport vositalarini olgan texnik shikastlanishlari va transport vositalarini to‘qnashuvdan keyingi holatlaridan kelib chiqib tasavvur etish mumkin xolos. Izlarning noto‘g‘ri talqin qilinishi oqibatida ekspertlar xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Shu sababli hozirgi vaqtda sud transport-izshunoslik ekspertizasida ham ilmiy asoslangan zamonaviy usullarni tadbiq etish talab etadi. Hozirgi kunda sud transport-trasologiya ekspertizasida yo‘l transport xodisasini mexanizmini tiklab ushbu xolatni videoshaklda maxsus dastur, jumladan «PC Crash» dasturi orqali tiklash mumkin bo‘ladi. Mazkur dasturni afzalliklari xaqiqiy bo‘lgan yo‘l transport xodisasi mexanizmini video shaklini sekinlashtirilgan xolatda ko‘sratib beradi va xaydovchilarning ko‘rsatuvlariga, qaysi haydovchi tomonidan amaldagi “Yo‘l harakati qoidalari”ga rioya qilmaganligini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Albatta bu sud-tergov idorasi tomonidan vaziyatga baho berishga katta yordam beradi. Hozirda ko‘chalarda radarlar yoki kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda, videoregistratorlar amalga kirib keldi. Ko‘p xollarda yo‘l transport xodisalari videotasvirga olinmoqda.
Ushbu videotasvirlardan xam keng foydalanib, YTH mexanizmini tiklashda, o‘lchovlar olish va bir talab ma’lumotlarni olishga keng foydalanish mumkin. Chunki, voqea joyida o‘lchamda inson faktori sabab o‘lchovlarda xatoliklar bo‘lib qolishi mumkin. Umuman sud avtotexnika ekspertizasida faktik ma’lumotlardan foydalanish uslubiyatga asosan to‘g‘ri bo‘ladi va xaqiqiy xolatni ifodalaydi. Kelajakda bu sohani, ya’ni sud transport-izshunoslik ekspertizasi rivojlantirish choralarini har bir ekspert ko‘rishi lozim.
RSEMning Surxondaryo
viloyat bo‘limi mudiri v.b
M.Sh.Kungratov