Yo‘l transport hodisalarining kelib chiqish holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tavsiyalalar

Huquqbuzarliklarning oldini olish -bu jinoyatlarning sabablari va shartlarini bartalab etishga yoki zararsizlantirishga qaratilgan davlat va ijtimoiy chora-tadbirlar majmuidir.

Har bir huquqbuzarlik, shu jumladan “Yo‘l harakati qoidasi”ni buzish oqibatida kelib chiqadigani xam,  bunga yordam beradigan sabab va shartlar tufayli  sodir etiladi.

Yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning sabablari-bu hodisa yoki hodisalar to‘plami natijasida yo‘l harakati qoidalarini buzish imkoniyati bo‘lishidir. Bir tomondan qoidalarga e’tiborsizlik oqibatida har xil turdagi yo‘l harakati buzilishiga  konkret yo‘l harakati ishtirokchisi sababchi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ommalashgan turlaridan biri yo‘l hodisasi vaziyatini harakat qatnashchilarini tomonidan holatni noto‘g‘ri baholash va oson hisoblash bo‘lishi mumkin.

Ekspert tadqiqotlar uchun yo‘l transport hodisalarini kelib chiqishiga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘rganish katta ahamiyatga ega.Ularga quyidagilarni keltirish mumkin:

  • konstruktiv defektlar va transport vositalarini tayyorlanishdagi texnologik kamichliklar;
  • transport vositalarini sifatsiz ta’mirlanishi oqibatida kelib chiqadigan texnik nosozliklar;
  • ma’lum bir yo‘l qismida yo‘l xarakatini tashkil etishdagi kamchiliklar (yo‘l belgilarini mavjud emasligi, yaxni ko‘rinmasligi, yoki nosozligi, svetoforning ishlash tartibini noto‘g‘riligi va x.k.);
  • yo‘lning nosozligi, yoritilmaganligi, remont ishlarini bajarishda tegishli tartib va qoidalarga rioya qilinmasligi;
  • haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini texnik talablarini bajarilishini ta’minlanmaganligi;
  • transport vositalaridan foydalanish va ta’mirlash hamda yo‘l holati uchun javobgar mansabdor shaxslarning asossiz harakatlari(texnik nuqtai nazardan);
  • qoidalarning to‘liq emasligi va harakatni tashkil eishdagi texnik tashkillashtirishdagi kamchiliklar;

Yo‘l transpornt hodisalarini kelib chiqishi saba bo‘lgan  shart sharoitlarini aniqlash uchun  ko‘p holatlarda mahsus bilimlar talab etiladi. Shu sababli ushbu masalar sud tergov-idorasi bunday masalani ekspert-avtotexnik zimasiga yuklashi mumkin. Yo‘l transport hodisalarini oldini olish va kelib chiqish sabablarini aniqlash yo‘l transport hodisalarini bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlardagi profilaktik tavsiyalar asosiy yo‘nalish bo‘lib hisoblanadi.

Profilaktik tasviyalalar ekspert xulosasida  o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari, ya’ni yo‘l transport hodisasi sodir etilishi uchun vujudga kelgan shart-sharoitalar o‘rganilib xulosada ko‘rsatiladi va tergov organiga xabar berish orqali kelgusida bartaraf etish choralarini ko‘rilishi mumkin. Shuningdek, ekspert kelgusida yo‘l transport hodisalarini kelib chiqishini oldini olish maqsadida profilaktik tavsiyalar bilan bevosita YHXBga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri tegilshli tashkilotga murojaat qilishi mumkin.

Yuqoridagi aytib o‘tilgan profilaktis tavsiyalar protsessual bo‘lib xisobalanadi, ya’ni ekspert sud-tergov organi tomonidan chiqarilgan qaror yoki ajrim asosida tadqiqotlar o‘tkazib yo‘l transport hodisasini kelib chiqish sababalari va uning vujudga olib keluvchi shart-sharoitlar o‘tkaniladi va anqilanadi. Bundan tashkari  profitaktik tavsiyalarni protsessual bo‘lmagan shakli mavjud bo‘lib ular:

  • ekspert amaliyotini umumlashtirish, odatda YHXB yoki sud-tergov idorasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi;
  • ekspert-avtotexnik nazariy va ekspermental tadqiqotlar orqali yo‘l transport hodisalarini oldini olish muammolarini o‘rganish;
  • YHXB xodimlarini va avtotransport tashkilotlar xodimlari bilan bilan o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazish va amaliy yordam ko‘rsatish;
  • aholi o‘rtasida yo‘l transport xodislarini oldini olish yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlarini oborish orqali;

Ekspert-avtotexnik yo‘l transport xodislaarini oldini olish yuzasidan  profilaktik tavsiyalarga quyidagi bir nechta misollar keltirish mumkin:

Transport vositasi qorli sirpanchik yo‘lda xarakatlanish davomida qatnov qismidan chiqib ketib YTHga uchragan. Natijalar yo‘lovchilar turli xil tan jaroxatlari olishgan. Ekspert transport vositasining texnik xolatini tekshirishda uning g‘ildiraklari shinalari yurish qismi rasmlari (naqshi) umuman yo‘ligi, vaxolaki amaldagi YHQning talablariga ko‘ra M-1 toifasidagi yengil transport vositalarini yurish qismi naqshi 1.6 mm.dan kam bo‘lmaligi shart edi.  Transport vositasining yurish qismi naqshlari yeyilishi birdan vujudga kelmaydi, balki uzoq vaqt davomida ekspluatatsiya qilish  natijasida vujudga keladi, ya’ni birdan vujudga kelmadi. Buk xolatin xaydovchi xam yo‘lga chiqishdan oldin aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan xamda YHXB tomonidan texnik ko‘rik o‘tkazishda kamchilikka yo‘l qo‘yilgan. Shu sababli YHXBga transport vositalarini texnik ko‘rikdan sifatli, tegishli tartibda,  vijdonan o‘tkazishga e’tibor qaratish lozimligi xaqida profilaktik tavsiya sifatida ma’lumot yuborildi.

  Transport vositalari bitta chorrahada tez-tez to‘qnashuv sodir eilishi aniqlanadi. Uning sabablari o‘rganilganida  tartibga solinmagan chorraxada xar ikkala yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilari o‘zlarini harakat imtiyozi ega deb o‘ylab harakatlanishlar ekan.  Bunda bir yo‘nalish bo‘yicha yo‘l qtanov qisminig kengligi kengroq bo‘lgani uchun xaydovchi o‘zini asosiy yo‘l deb o‘ylaydi, ikkinchi yo‘nalishdagi transport vositalari esa o‘ng qo‘l qoidasiga rioya qilgan xolda chap tomondan xarakatlangan transport vositalariga yo‘l bermaydi va buning natijasida to‘qnashuv sodir etiladi. Shundan so‘ng tegishli tartibda YHXBga murojaat qilinib ushbu chorraxaga “Asosiy yo‘l” 2.1 va “Yo‘l bering” 2.4 Yo‘l belgilari o‘rnatish bo‘yicha profilaktif taklif kiritildi.

O‘ylanmanki  ekspertlar o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqib  tomonidan profilaktik takliflarni  kiritib bu masalada ishlarni jadallashtirishlari  lozim, chunki bu orqali yo‘l transport xodisalari sonini kamaytirish va bu orqali bu turdagi jinoyatchilikni oldini olishga katta hissa qo‘shilgan bo‘lar edi.

 

Sud avtotexnika ekspertizasi

laboratoriyasi yetakchi

eksperti Z.Sayfutdinov

Skip to content