Ekspertlar faoliyati baholandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 29-maydagi 171-um-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sud ekspertlarning faoliyatini kasbiy layoqatliligi, ish staji va boshqa mezonlar asosida baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi nizomga asosan X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi ekspertlarining 2022-yildagi faoliyati quyidagi mezonlar asosida baholandi:
Ekspertlarning ilmiy nashrlari, ilmiy loyihalardagi ishtiroklari, yangi ekspertiza turlarini amaliyotga joriy qilish, yangi metodikalarni joriy qilish, bajarilgan ekspertiza xulosasining qatiyligi, faoliyatga doir shikoyatlar va ularning tasdig‘ini topganligi, ekspertiza tadqiqotlarini muddatida va sifatli bajarilishi, bajarilgan ekspertiza tadqiqotlarining me’yor ko‘rsatgichlari, Ichki mehnat tartibi va odob-ahloq qoidalariga rioya etish holati, ijro intizomiga rioya etish holati, targ‘ibot tadqiqotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar, faoliyatni takomillashtirish yuzasidan berilgan asosli takliflari inobatga olib baholandi.
Baholash reytingida yuqori ball olgan ekspertlar ro’yxati quyidagi havola orqali ilova qilingan:

Yuqori ball olganlar ro’yxati

Skip to content