TRANSPORT BAHOLASH EKSPERTIZASI O’TKAZIShYO’NALISHIDA MUTAXASSIS FIKRI BERISH TARTIBI.

 

Bugungi kundagi jamiyat hayotini transport vositalarisiz tassavur etish imkoni deyarli mavjud emas, kun sayin transport vositalariga bo’lgan extiyoj ortib borayotganligi, yo’llardagi transport vositalari oqimining sezilarli darajada ortib borayotganligi hammamizga sir emas.Shu bilan bir qatorda transport baxolash ekspertizasiga bo’lgan extiyoj ham ko’payib bormoqda. Ushbu sohada, “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sudekspertizasi markazi” ekspertiza muassasi Respublikamizda ozining salmoqli o’rniga ega.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sudekspertizasi markazi Buxoro viloyatida ham ushbu turdagi ekspertiza tadqiqotlari bugungi kunda o’trkazib kelinmoqda.

Bugungi kunda bo’limning asosiy vazifalaridan biri:

“Fuqarolik, iqtisodiy ishlari, maʼmuriy va jinoiy ishlar, tergovgacha tekshiruvlar materiallari boʼyicha sud ekspertizalarini oʼtkazish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari boʼyicha ixtiyoriylik asosida ekspert ixtisosliklariga muvofik pullik toʼlov asosida tadqiqotlar oʼtkazib, mutaxassis fikrlari berish;” hisoblanadi.

Transport baxolash ekspertizasi “Sud Avtotexnika Ekspertizasi” asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi.Sud transport baxolash ekspertizasi Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 180-moddasiga asosan tergovchi, surishtiruvchi va prokurorning qarori va sudning ajrimi asosida oʼtkaziladi. Sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasida sud transport izshunoslik, transport-baxolash, sud avtotexnika, transport vositalarini texnik holatini tadqiqot qilish va avtomobil yoʼl ekspertizalari oʼtkaziladi.

Buning uchun fuqaro MarkazningBuxoro viloyat bo’limi mudiri nomiga ariza bilan, yuridik shaxs esa yoʼllama xat bilan murojaat qiladi va qanday savol hal etilishini ariza yoki murojaatida koʼrsatib oʼtadi.

Shu bilan birga, Аdliya vazirining 2018 yil 31 oktyabrdagi 337-um-son buyrugʼiga Ilovasiga asosan tariflar quyidagicha:Mutaxassis fiklarini tariflari ekspert oʼtkazadigan tadqiqotlarning obʼektlari kam yoki koʼpligi xamda hal etiladigan savollarning murakkabligiga qarab farqlanadi. Ular oddiy, oʼrta va murakkabga boʼlinadi.

Jumladan, Sudga oid transport-baholash ekspertizasi tayinlashda ekspertiza muassasasiga taqdim qilinishi lozim boʼlgan asosiy hujjatlar roʼyxati:

  • Sudga oid transport baholash ekspertizasi tayinlash toʼgʼrisidagi qaror yoki ajrim (Fuqarolar bo’limi mudiri nomiga ariza bilan, yuridik shaxs esa yoʼllama xat bilan murojaat qiladi):
  • Transport vositasini qayd etish guvohnomasi (texnik pasport, texnik talon, formulyar va x.k);

Sudga oid transport baholash ekspertizasini bajarishda amal qilinishi lozim boʼlgan talablar:

  • Transport vositasini (holatiga oʼzgaritirish kiritilmagan holda) koʼzdan kechirishni tashkil etish;
  • Transport vositasining butlovchi qismlari (baholanishi soʼralgan taqdirda) taqdim etish;
  • Maxsus jihozlangan yoki maxsus ishlar uchun moʼljallangan transport vositalarini koʼzdan kechirishda soha mutaxassislarini qaror asosida jalb qilish.
  • Baholanishi lozim boʼlgan obʼektlar (faqat transport vositasining butlovchi qismlari) haqiqatda mavjud boʼlmagan hollarda, aynan shu turdagi obʼektning xususiyatlarin aks etuvchi “analog”larni ekspertizaga taqdim qilish.
  • Zarur hollarda muqaddam foydalanishda bo’lgan butlovchi qismlarning yaroqlilik darajasi yuzasidan ixtisoslashgan muassasalar (avtotexxizmat, taʼmirlash korxonalari)dan xulosalarini olish va ekspertizaga taqdim qilish talab etiladi.

Transport baxolash ekspertizasi vakolat doirasida quyidagi savollar hal etiladi:

  • Transport vositalarining (texnik xolatidan kelib chiqgan xolda) bozor bahosini aniqlash;
  • Transport vositalarining agregat, uzel va tizimlarning texnik xolatidan kelib chiqgan xolda narxlarini aniqlash;
  • Transport vositalariga (turli sabablarga ko’ra) yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash va tiklash uchun ketadigan sarf-xarajatlar miqdorini aniqlash;
  • Transport vositaning ayrim qismlarini narhini aniqlash va h.k.

Ushbu savollarni xal etish uchun transport vositasini yoki aloxida extiyot qismlari taqdim etilishi talab etilashi mumkun.

Shuningdek, baholash faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sudekspertizasi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan baholash xulosalar xususida gapiradigan bo’lsak, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sudekspertizasi markazi tomonidan bugungi kunda berilib kelayotgan ekspertiza xulosalari va mutaxassis fikrlari “Oʼzbekiston Respublikasi «Baholash faoliyati toʼgʼrisida»gi qonuni va “Oʼzbekiston Respublikasining Yagona Mulkni baholash standarti”lari talablariga normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib, transport vositasini qayta tiklashning bozor qiymatini inobatga olgan holda, shuningdek, ta’mirlash (tiklash) uchun zarur bo’lgan materiallar va ehtiyot qismlar uchun mintaqada mavjud bo’lgan o’rtacha narxlarni va avtomobillarni ta’mirlash ishlariga ketadigan xarajatlarini inobatga olgan holda, mutaxassis foydalangan manbalarga izoh keltirish vamutaxassis tomonidan foydalanilgan formulalar olingan manbalar aniq ko’rsatilgan holda amalga oshiradi. Aynan shu sabab X.Sulaymonova nomidagi Respublika sudekspertizasi markazi sud, tergov organlari orasida o’zining salmoqli o’rniga ega. Ammo baxolash faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan berib kelinayotgan baholash hisobotlari aksariyat hollarda ilmiy va uslubiy jihatdan o’z tasdig’ini topmasdan kelmoqda.

Shu bilan birga X.Sulaymonova nomidagi Respublika sudekspertizasi markazining(ISO/IEC 17025)xalqaro standartlari talablariga mos xulosa va mutaxassis fikrlari berib kelmoqda. Bu esa o’z o’rnida sud tergov organlarining bizning tashkilot xulosalariga bo’lgan talabini,shunigdek jismoniy va yuridik shaxslarningbizning muassasa Mutaxassis fikrlariga bo’layotgan ehtiyoj va ishonchni kuchayib borishiga sabab bo’lmoqda.

 

 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sudekspertizasi

markazi Buxoro viloyati bo’limi eksperti

Baxtiyor Bobomurodovich Izomov.

 

 

 

 

Skip to content