“ISO/IEC 17025:2017 sinov va kalbrlash laboratoriyalari vakolatliligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” standarti bo‘yicha malaka oshirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6256-son Farmoni bo‘yicha tasdiqlangan Yo‘l xaritasining  11-band ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 18-22 iyul kunlari  Markaz laboratoriya va bo‘limlarining hamda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutining  11 nafar xodimlari “ISO/IEC 17025:2017 sinov va kalbrlash laboratoriyalari vakolatliligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” mavzusi bo‘yicha malaka oshirish kursida o‘qitildi. Malaka oshirish kursi  «ILM STANDART” ilmiy-tadqiqot o‘quv markazi direktori o‘rinbosari Ergashev Mansur To‘laganovich tomonidan o‘tkazilib, ISO/IEC 17025:2017 standart talablari va xalqaro akkreditatsiya jarayoni, tashqi audit tekshiruviga tayyorgarlik masalalari o‘rganib chiqildi. Imtixon natijalari bo‘yicha xodimlarning malaka va vakolatliligi tegishlicha sertifikatlashtirildi.

Skip to content