Toshkent viloyatida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori o’rinbosari U.Uzakov ishtirokida Sayyor qabul bo’lib o’tdi!
✔️Sayyor qabul Toshkent viloyati Nurafshon shahar Davlat xizmatlari agentligi binosida tashkil etilib, qabulda fuqarolar X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori o’rinbosari U.Uzakov tomonidan sayyor tartibda qabul qilindi.
✔️Muloqot davomida U.Uzakov tomonidan Markaz faoliyati va undagi imkoniyatlar, Markazda o’tkaziladigan ekspertiza turlari, Sud ekspertlik tizimiga oid yangi qabul qilingan normativ hujjatlar haqida tushuntirishlar berildi.
✔️Sayyor qabulda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar va murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari o’rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi. Aksariyat murojaatlar joyida hal etilib, alohida o‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlar ish yurituviga olindi.