Joriy yilning 27-iyul kuni X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida “Terrorizm, jinoyatchilik o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish: o‘q otish qurollari va yengil qurollarning noqonuniy aylanishini va ularni terrorchilarga noqonuniy yetkazib berishning oldini olish va to‘xtatish – BMT XK ning 2370/2017 rezolyutsiyasi va Madrid rahbariy tamoyillariga muvofiq amalga oshirilishini qo‘llab quvvatlash. II Bosqich” loyihasi doirasida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilish bo’yicha BMT vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Rasmiy uchrashuvda BMTning giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishning Venadagi vakolatxonasi jinoyatlarning oldini olish va jinoyat huquqi bo’yicha mutaxassisi Pol Yanovichi, hamda ushbu loyihaning Nyu yorkdagi boshlig’i Aldan Serikbaylar shuningdek, BMTning giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashishning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasining milliy koordinatorlari ichtirok etishdi.
Uchrashuvda Markaz direktorining o’rinbosari U.Uzakov tomonidan Markaz faoliyati va bugungi kundagi amalga oshirilgan islohotlar, takomillashtirilgan moddiy texnik baza haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida BMT vakillariga Markaz muzeyi va laboratoriyalari tanishtirilidi.
BMT vakillariga Markaz faoliyati va bugungi kundagi zamonaviy moddiy texnik baza katta qiziqish uyg’otib, kelgusida loyihaning 3-fazasida Markaz ekspertlarining ishtiroki, ularning xorijda malaka oshirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.