Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkent tumani ichki ishlar bo’limi huzuridagi Tergov bo’linmasida o’quv-seminar mashg’uloti bo’lib o’tdi!

Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkent tumani ichki ishlar bo’limi huzuridagi Tergov bo’linmasida o’quv-seminar mashg’uloti bo’lib o’tdi!

✔️Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov bo’linmalari tergovchilari uchun “Sud huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam ko‘rsatish” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

✔️O’quv seminar mashg’ulotida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i N.Saitova hamda Institut yetakchi ilmiy xodimi A.G’ofurjonovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Ma’ruza davomida N.Saitova Markaz va Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

✔️Tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga ilmiy xodimlar tomonidan javoblar olishdi.