Joriy yilning 3-iyun kuni Milliy matbuot markazida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida Matbuot anjumani tashkil etildi.

✅Tadbir doirasida OAV vakillariga Markazdagi islohotlar, yangi ekspertiza turlari, Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Anonim DNK tayinlash tartibi haqida ma’lumot berildi.

✔️Anjumanda Markaz direktori o’rinbosari U.Uzakov ma’ruza qilib, Markaz faoliyati, yangi qabul qilingan qonun hujjatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

✔️Shuningdek keyingi 3 yilda sud lingvistika, sud kompyuter-texnik, sud avtomobil yo‘llari, sud elektrotexnika, sud psixologik, oziq-ovqat mahsulotlari sud ekspertizasi, sud-soliq, oziq-ovqat mahsulotlarini baholash ekspertizasi kabi yangi 6 ta ekspertiza turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish yo‘lga qo‘yilib, sud ekspertlik jarayoniga tadbiq etildi va natijada Markazda amalga oshiriladigan sud ekspertiza turlari 52 taga, mutaxassisliklar esa 71 taga yetkazilganligi ham alohida ta’kidlandi.

✔️Tadbir yakunida OAV vakillari o’zlarini qiziqtirgan savollariga ekspertlar tomonidan javoblar olishdi.

Skip to content