Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining rahbar va xodimlari uchun ikki kunlik seminar-trening bo’lib o’tdi!

O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi hamda Konrad Adenaur nomidagi jamg‘armaning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi ko‘magida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ustuvor vazifalarni belgilash, mamlakatda korrupsiyaning oldini olishning zamonaviy vositalarini joriy etish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

🔖Unda mutaxassislar tomonidan davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni to‘g‘ri baholash, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va boshqarish, davlat xaridlari jarayonlarida kontragentlarni tekshirish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi va boshqa muhim mavzularda taqdimotlar o‘tkaziladi.

Treningda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Kadrlar bo’limi boshlig’i E.Rajabov ishtirok etib, maxsus sertifikatga ega bo’ldi.