DNK laboratoriyasida o`quv kursi!

2022-yil 31-may va 1-iyun kunlari X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi ekspertlari hamda Sud-ekspertlik ilmiy tadqiqot instituti xodimlariga Germaniya QIAGEN kompaniyasining DNK kriminalistik tahlili uchun ishlab chiqilgan yangi reagentlar va asbob-uskunalar bilan tanishtiruv seminar-trening va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirni QIAGEN kompaniyasining o‘quv treninglarni o‘tkazish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, Rossiya Federatsiyasining IIV kriminalistik ekspertiza markazining sobiq sud eksperti M.Barisheva hamda shu kompaniyaning menedjeri A.Gazizovalar olib bordilar.

Trening davomida Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasida QIAGEN kompaniyasining DNK miqdor tahlili va genotipni aniqlashda qo‘llaniladigan reagentlari installyatsiyasi va ularni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.