X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i M.Maxkamov tomonidan Toshkent shahar IIBB YHXB Yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq ishlarni yuritish bo‘limi xodimlari orasida “Sud-avtotexnika ekspertizasi zamonaviy imkoniyatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi hamda Markaz va Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida elektron diskda “X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-ekspertiza imkoniyatlari bo‘yicha ELEKTRON QO‘LLANMA” topshirildi.