Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentida o’quv seminar bo’lib o’tdi!
✔️O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergov bo’linmalari tergovchilari uchun “Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaxarli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar, bu sohadagi oqlov, qo‘shimcha tergov, sudlarning xususiy ajrimlari, prokuratura organlari taqdimnomalari sabablari” mavzusida o‘quv seminar bo’lib o’tdi.
✔️O`quv seminarda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i N.Xalilova o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruza davomida N.Xalilova Markaz va Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi hamda “Respublika sud ekspertizasi markazining sud-ekspertiza imkoniyatlari bo’yicha” elektron qo’llanma taqdim etilib, Markaz tomonidan ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatildi.
✔️Tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassis tomonidan javob olishdi.