OAV bilan aloqalar nima uchun muhim?!

 

PR nima uchun Axborot xizmatiga kerak?!

27-28-may kunlari Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalarida faoliyat yurituvchi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimlari uchun trening bo’lib o’tmoqda.

Mavzu: “OAVda adliya organlarining ijobiy imidji va ijtimoiy tarmoqlarda inqirozga qarshi boshqaruv”.

14 ta hududdagi adliya boshqarmalari va muassasalaridagi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mas’ul xodimlari uchun tashkil etilgan treningda:

-Axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar;
-PR faoliyatida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilish;
-davlat organlari faoliyatini axborot bilan ta’minlashda matbuot xizmatining o’rni;
-matbuot xizmatining maqsadi va vazifalari kabi masalalar muhokama qilindi.

Treningda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi boshlig’i S.Saidxodjayev va bo’lim mutaxassisi F.Kayumovalar ishtirok etishdi.

Skip to content