Bosh prokuraturada vebinar bo’lib o’tdi!

✔️O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida 27-may kuni Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi bilan hamkorlikda vebinar tashkil etildi.

✔️Tadbirda Bosh prokuraturaning tergovga mas’ul boshqarmalari xodimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, O‘zbekiston Harbiy va Transport prokuraturalarining prokuror-tergov xodimlari, tuman, shahar va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarning tergovchilari ishtirok etdi.

✔️Vebinarda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi rahbariyati va mutaxassislarining “Sud ekspertizalarini o‘tkazishga zarur bo‘lgan tadqiqot obyektlarini yig‘ish, saqlash va taqdim etish usullari hamda sud ekspertizasining imkoniyatlari” haqidagi ma’ruzalari tinglandi.

✔️Shuningdek amaliyotda ekspertizalarni tayinlash va o‘tkazish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar bo’yicha savol-javob bo’lib o’tdi va kelgusida prokuratura organlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Skip to content