Huquqiy savodxonlik tanlovi!

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi va II jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 77 yilligi munosabati bilan onlayn media orqali aholining siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 2022-yilning 9-aprel sanasidan 9-may kuniga qadar O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomnidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Huquqiy savodxonlik” onlayn tanlovi tashkil qilindi. Tanlov 3 bosqichda bo‘lib o‘tdi va unda jami 40 000 oshiq fuqarolar ishtirok etishdi.

26 may kuni Milliy matbuot markazida tanlovning so‘nggi bosqichiga qadar yetib kelib, sovrindor bo‘lgan ishtirokchilar taqdirlandilar. Mazkur tanlovda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi katta eksperti B.Axmedov ham munosib ishtirok etib sovrindorlar qatorida e’tirof etildi.

Skip to content