O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan 2022-yil 27-yanvarda tasdiqlangan Adliya organlari va muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish hamda davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha 2022-yil uchun Ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida ijro uchun qabul qilinib, Markaz direktori tomonidan Nazorat reja tasdiqlandi.
Ish rejadagi tadbirlar ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilib, quyidagilar ma’lum qilinadi.
Jumladan, Rejaning 1-bandi bo‘yicha har oyning ikkinchi payshanbasi “Ma’naviyat soati”ni tashkil etish yuzasidan reja-grafik ishlab chiqib tasdiqlandi.
Unga ko’ra, joriy yilning 19-may kuni Markazda Sud qurilish texnikaviy ekspertizasi bo‘limi eksperti N.Xayrullayev tomonidan “Qurilish ekspertizasi tayinlash tartibi” nomli hamda Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi eksperti N.Ro‘ziyeva tomonidan “Xotira abadiydir” mavzusida Markaz xodimlari uchun “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi.