Samarqand viloyatida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori A.Xalilov ishtirokida Sayyor qabul bo’lib o’tdi!
✔️Sayyor qabul Samarqand shahri Bog’isaroy Mahalla fuqarolar yig’ini binosida tashkil etilib, qabulda fuqarolar X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori, Samarqand viloyat sudi, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan sayyor tartibda qabul qilindi.
✔️Muloqot davomida A.Xalilov tomonidan Markaz faoliyati va undagi imkoniyatlar, Markazda o’tkaziladigan ekspertiza turlari, Sud ekspertlik tizimiga oid yangi qabul qilingan normativ hujjatlar hamda Markazning Samarqand viloyati bo‘limi haqida tushuntirishlar berildi.
✔️Sayyor qabulda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar va murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Qabul davomida 50 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari o’rganilib, huquqiy tushuntirishlar berildi. Aksariyat murojaatlar joyida hal etilib, alohida o‘rganish talab qiladigan murojaatlar tegishli tashkilotlar ish yurituviga olindi.
✔️Shuningdek, Markaz direktori A.Xalilov xizmat safari davomida hududiy bo’limning muammolarini o’rganib, bo’limning moddiy-texnika bazasi bilan yaqindan tanishdi.