Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentida o’quv-seminar mashg’uloti bo’lib o’tdi!

✔️O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining tergov bo’linmalari tergovchilari uchun “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning turlari, bu kabi jinoyatlarning tergov qilish taktikasi va metodikasi hamda o‘ziga xos xususiyatlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar, bu sohadagi oqlov, qo’shimcha tergov, sudlarning xususiy ajrimlari, prokuratura organlari taqdimnomalari sabablari” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

✔️O`quv seminar mashg’ulotida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi D.Ataniyazov o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruza davomida D.Ataniyazov Markaz va Sud ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

✔️Tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga ilmiy xodim tomonidan javoblar olishdi.

Skip to content