Rossiya davlat universitetida davra suhbati bo’lib o’tdi!

Joriy yilning 21-may kuni Rossiya davlat universitetining markaziy filiali kafedrasida “Nodavlat sud ekspertlariga sud ekspertizalarni tayinlash va ekspertizalarni o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda mavjud muammolari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu davra suhbatida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi bosh eksperti, Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot institutining Sud-tibbiy, psixiatriya, psixologik va biologik ekspertizalari ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i N.Saitova onlayn shaklda ishtirok etdi.

Tadbir davomida sud ekspertiza uslubiyotlarini standartlashtirish, nodavlat sud ekspertlarining malakasini oshirishda mavjud muammolari, nodavlat sud ekspertiza idoralariga sud ekspertizalarni tayinlash hamda o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.

Skip to content