O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida ilmiy-amaliy konferensiya! 2-Sessiya!

20-may kuni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bo’lib o’tgan “Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondashuvlar” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiya o’z ishini 2- sessiyasida davom etdi.

Ushbu konferensiyada Sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Q.Umidillayev va yetakchi ekspert Z.Sayfutdinov “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida avtotexnika ekspertizalarini o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari” mavzusida hamda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i M.Maxkamov “Yo’l transport hodisalarini tadqiq qilish jarayonida zamonaviy kompyuter dasturlar va asbob-uskunalar ahamiyati” mavzularida ma’ruza qilib, master klassda ishtirok etishdi.

Tadbir so’ngida konferensiya ishtirokchilari orasida munozara bo’lib o’tdi va sessiyalar ishining xulosasi hamda umumiy takliflari e’lon qilindi.

Skip to content