✅Joriy yilning 20-may kuni O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Yo’l harakati xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondashuvlar” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.
✅Konferensiyada X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori A.Xalilov va Markazning Sud avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Q.Umidillayev, yetakchi ekspert Z.Sayfutdinov, Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti bo’lim boshlig’i M.Mahkamovlar ishtirok etishdi.
✅Tadbir O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig’i, polkovnik R.Xatamovning kirish so’zi bilan ochilib, bugungi kunda yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlashda dolzarb bo‘lgan masalalar, ya’ni:
❗️Avtomobil yo’llarda harakat xavfsizligini ta’minlash sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish;
❗️Haydovchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
❗️Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda sud ekspertizasining zamonaviy imkoniyatlari;
❗️Avtomobil yo‘llarda piyodalar xavfsizligini ta’minlash;
❗️Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda yo‘l infratuzilmalarning o‘rni kabi masalalar muhokamasi kun tartibiga qo’yildi.
✅Konferensiyaning 1-sessiyasida Markaz direktori A.Xalilov so’zga chiqib, Markaz faoliyati va imkoniyatlari, unda o’tkaziladigan ekspertiza turlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
✅Bundan tashqari bugunga kunda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o’tkaziladigan Sud avtotexnika ekspertizasining turlari, ushbu tadqiqotlarni o’tkazishda qo’llaniladigan zamonaviy texnologiyalar, yo‘l transport hodisalari jarayonini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish zamonaviy maxsus kompyuter dasturlari yordamida amalga oshirilishi, yo‘l-transport hodisasini mexanizmini tiklash va transport vositalarni to‘qnashuvgacha harakatlanish jarayonini 3D-modellashtirish uchun maxsus PC-Crash kompyuter dasturi qo’llanilishi haqida ham aytib o’tdi.
✅Ma’ruza yakunida Markaz direktori hozirda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda yuzaga keladigan ayrim muammolarni aytib o’tib, ularning yechimi bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.