Joriy yilning 20-may kuni Biofizika va biokimyo instituti tomonidan “Biofizika va biokimyo muammolari 2022” nomli konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy tajriba, g‘oya va fikrlar almashildi: Biofizika, Biokimyo, Odam va hayvonlar fiziologiyasi, Molekular biologiya va genetika, Farmakologiya va genetika.
Ushbu konferensiyada Markazning Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi katta eksperti B.Axmedov o‘zining “Mikromiqdordagi biomateriallardan DNK namunasini yarim avtomat robot orqali ajratib olish uslubi aprobatsiyasi” nomli tezisi bilan ishtirok etdi.