Joriy yilning 20-may kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorligida tashkil qilingan “KORONAVIRUS COVID-19, BIOLOGIYASI, ETIOLOGIYASI VA FIZIOLOGIYASI” deb nomlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
✅Konferensiyada X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi katta eksperti B.Axmedov ishtirok etdi.
✅Konferensiyada quyidagi muammolar tahlil qilindi:
-COVID-19ning etiopatogenetik jihatlari: ilmiy yutuqlar va hal qilinmagan muammolar;
-Pandemiya davrida zamonaviy tibbiy-biologik hamda molekular genetik tadqiqotlar;
-COVID-19ni davolash va oldini olishning ilmiy asoslari;
-COVID-19 pandemiya davrida tibbiy yordamni tashkil etish va sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini joriy etish masalalari;
-Pandemiya davrida ekologik muammolar, sog‘liqni saqlash va sog‘lomlashtirishning ilmiy yechimlari kabi masalalar.