Qozog‘iston Respublikasi Milliy Akkreditatsiya Markazi bilan onlayn videokonferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 23 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Milliy Akkreditatsiya Markazi bilan onlayn videokonferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✔️Kun tartibidagi masalada Qozog‘iston Respublikasi Milliy Akkreditatsiya Markazining yangi joriy etilayotgan E-KTRM texnik boshqaruv axborot tizimi muhokama qilindi.

✔️Onlayn yig‘ilishda X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud ekspertizasi Markazning Sifat menedjment bo‘limi boshlig‘i D.Tosheva va Axborot texnologiyalari va Innovatsiyalarni joriy qilish bo‘limi boshlig‘i M.Yokubovlar ishtirok etishdi.

✔️Mazkur buyruqda Qozog‘iston Respublikasi Milliy Akkreditatsiya Markazining akkreditatsiya sub’ektlari E-KTRM texnik boshqaruv axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tishi kerakligi va akkreditatsiyaga taaluqli bo‘lgan ariza hujjatlari ham E-KTRM axborot tizimi orqali yuborilishi hamda mazkur tizimda ishlash tartibi, tizimni to‘liq ishga tushish vaqti, yuzaga kelayotgan savollar va muammolar muhokama etildi.

✔️ Shu bilan birga, Qozog‘iston Respublikasidan boshqa Respublika hududida faoliyat yuritadigan akkreditatsiya subyektlarining (xususan, O‘zbekiston Respublikasidagi akkreditatsiya subyektlari) ariza va akkreditatsiyaga taalluqli bo‘lgan boshqa hujjatlari Qozog‘iston Respublikasi Milliy Akkreditatsiya Markazining E-KTRM texnik boshqaruv axborot tizimi to‘liq ishga tushgunga qadar elektron pochta orqali va asl nusxasi pochta orqali yuborilishi mumkinligi aytib o‘tildi.

Skip to content