✅X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Buxoro viloyati bo’limi xodimlari hamda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari bilan Buxoro shahrida aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Adliya sayli” va sayyor qabulida ishtirok etishdi.
✅Sayyor qabulda Markaz faoliyati, unda o’tkaziladigan ekspertiza turlari, Sud ekspertlik tizimiga oid yangi qabul qilingan normativ hujjatlar, Markazning Buxoro viloyati bo‘limi haqida tushuntirishlar berildi.