Adliya sayli!

✅X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Xorazm viloyati bo’limi xodimlari hamda Xorazm viloyati Adliya boshqarmasi xodimlari bilan Yangiariq tumanida “Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak!” shiori ostida aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Adliya sayli” va sayyor qabulida ishtirok etishdi.

✅Sayyor qabulda Markaz faoliyati, unda o’tkaziladigan ekspertiza turlari, Sud ekspertlik tizimiga oid yangi qabul qilingan normativ hujjatlar, Markazning Xorazm viloyati bo‘limi haqida tushuntirishlar berildi.

✅Shu bilan birga fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar va murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy maslahatlar berildi. Qabulda fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ba’zi fuqarolarning murojaati qabul davomida hal etildi, qolgan murojaatlarni hal etish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berildi.

Skip to content