✅Joriy yilning 6-7-may kunlari Respublika sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy amaliy markazi tomonidan “Sud-biologiya ekspertizasining dolzarb muammolari” nomli ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
✅Ushbu konferensiyada X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri A.Normatov, ushbu laboratoriya ekspertlari N.Saitova va B.Axmedovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
✅Seminarda:
🔷Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyasida antikontaminatsion qoidalarni joriy etish;
🔷Biologik xususiyatga ega bo‘lgan ashyoviy dalillarning tekshirishni qonunchilik asoslari;
🔷Ashyoviy dalillarda mavjud bo‘lgan qonga o‘xshash dog‘larni, izlarni yuvishga yoki yo‘q qilishga urinilgan holatlarda, topish va qon mavjudligini aniqlash uchun ularni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirishning ahamiyati;
🔷Maniy mavjud ashyoviy dalillarni DNK ekspertizasi o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari va uchrayotgan muammolar kabi masalalar muhokama qilindi.