✅O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-martdagi 180-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida joriy yilning 10-may kunidan “Nodavlat sud ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash” bo‘yicha navbatdagi onlayn o‘quv kursi boshlandi.
✅O‘quv kursini Markaz direktori Xalilov Akram Utamurodovich kirish so‘zi bilan ochib, tinglovchilarni o‘quv kursiga qabul qilinganligi bilan tabrikladi va mamlakatimizda sud ekspertlik sohasida, jumladan nodavlat sud ekspertiza faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
✅Shu bilan birga, A. Xalilov tinglovchilarga o‘quv mashg‘ulotlarini, jumladan ekspertiza sohasidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalarni berdi.
✅Shundan so‘ng malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari boshlandi.