Sud ekspertlik ilmiy tadqiqot institutida konferensiya!

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 704-son qarori bilan yuridik shaxs tashkil etmagan holda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi.

✔️Shu bilan birga, qaror bilan ilmiy va ilmiy texnik faoliyat natijalaridan ekspertlik amaliyotida foydalanishni kengaytirish hamda sohani rivojlantirishga yaqindan ko’maklashish maqsadida Institutning Idoralararo ilmiy-uslubiy kengashi tashkil etilgan.

✔️Ushbu Kengash tarkibiga davlat sud-ekspertiza muassasalari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ilmiy muassasalar hamda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning a’zolari kiritilgan.

✔️Joriy yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

✔️Yig’ilishda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining 2022-yilga mo‘ljallangan Ish rejasi muhokama qilinib, Kengash tomonidan tasdiqlandi.

✔️Ish rejada Sud ekspertiza sohasidagi mavjud uslubiyotlarni tanqidiy ko‘rib chiqish hamda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2022-yil davomida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan 120 ta uslubiyotni belgilash, Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida sud ekspertizasi imkoniyatlaridan keng foydalanishga qaratilgan Respublika ilmiy-amaliy seminarini o‘tkazish, Institut tomonidan ishlab chiqilgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini jihozlashga doir talablarni ko‘rib chiqish, Sud ekspertiza muassasalari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy materiallarning ilmiy va amaliy asoslanganligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish kabi bir qator vazifalar belgilandi.

Skip to content