Davlat bojxona qo’mitasida seminar bo’lib ‘tdi!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida “Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarining noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish choralari va halqaro tajribani qo‘llash masalalri” mavzusida ilmiy amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi bosh eksperti, farmasevtika fanlari nomzodi N.Sh.Xalilova mavzuga oid taqdimoti bilan qatnashdi.
Bahs-munozara ruhida o‘tgan seminarda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda bojxonalardan olib o‘tishga qarshi ishlarni yanada takomillashtirish, jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish hamda mazkur turdagi jinoyatlarga qarshi kurash samaradorligini oshirish yuzasidan qator takliflar bildirildi.

Skip to content