Xalqaro konferensiya!

✅Joriy yilning 15-dekabr kuni Ukraina Adliya vazirligining Kiyev sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Sud-ekspertiza, kriminalistika va jinoyat protsessining dolzarb masalalari” mavzusida onlayn xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

✅Xalqaro onlayn konferensiyada Amerika, Niderlandiya, Shvetsariya, Armeniya, Polsha, Latviya kabi bir qator davlatlarning sud ekspertiza muassasalari qatorida O’zbekiston Respublikasi vakillari ham ishtirok etishdi.

✅Konferensiyada:
🔹Sud ekspertizasi va kriminalistikaninig umumiy masalalari;
🔹Sud iqtisodiy ekspertiza;
🔹DNK ekspertizasi;
🔹Sud qurilish texnikaviy ekspertizasi kabi ekspertiza turlarining muhim masalalari muhokama etildi.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi nomidan konferensiyada Markaz direktori o‘rinbosari U.Uzakov, Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi , Sud-iqtisodiy ekspertizasi bo’limi, Sud-ballistika va trasologiya ekspertizasi, Yong’in-texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi, Tovarshunoslik ekspertizasi bo’limi, Odam DNKsi sud biologik ekspertizasi laboratoriyalari ekspertlari va Sifat menejmenti bo’limi xodimlari ishtirok etishdi.

Skip to content