✅2021-yil 9-dekabr kuni Belarus Respublikasi Davlat sud ekspertizasi qo‘mitasining Ilmiy-amaliy markazida “Yosh olim minbari – 2021” yosh olimlarning xalqaro ilmiy ishlari tanlovi yakunlari sarhisob qilindi.
✅Tanlov “Belarus Respublikasi Davlat sud ekspertizasi qo‘mitasining malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash instituti” davlat ta’lim muassasasi bazasida o‘tkazildi.
✅“Yosh olim minbari” tanlovi har yili yosh olimlarni sud ekspertizaning dolzarb muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga jalb etish, tadqiqotchilarning ilmiy tashabbusini rivojlantirish, ijodiy faolligini rag‘batlantirish, ilmiy saviyasi va sifatini oshirish va ijodkor yoshlarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
✅Tanlovda Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va O‘zbekiston Respublikasidan 23 nafar yosh olimlar ishtirok etdi.
✅Jumladan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi bosh eksperti N.Saitova va ushbu laboratoriyaning katta eksperti B.Axmedovlar o’zlarinining maqolalari va ma’ruzalari bilan onlayn shaklda ishtirok etishdi.