Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasida ilmiy tadqiqot ishlarining roli

XXI asr siyavilizatsiya rivojlanishida muxim axamiyatga ega bo‘lib, ilm, fan texnikaning jadal rivojlanish davri sifatida xarakterlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazida o‘tkazilayotgan ekspertizalar orasida, Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasi yong‘in xodisasi yuzasidan keng qamrovdagi masalalarni xal qilib, samarali xizmat qilib kelmoqda.

Sud ekspertizasi amaliyoti, ekspert xulosalarining daliliy axamiyatining yuqoriligini, ishonchliligini, namoyishliligini ta’minlash va ekspertiza muddatlarining qisqartirish uchun ekspert amaliyotiga yangi uslub va uslubiyotlarni va yuqori sezgir kriminalistik uskunalarni, innovatsion texnologiyalarni xamda ilmiy ishlar natijalarini tadbiq etish orqali erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda, Markazda xuquq tartibot organlaridan kelib tushgan qarorga va sudlardan kelib tushgan ajrimga asosan ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazib xulosa berish bilan bir vaqtda, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish xamda profilaktik ishlarni olib borish keng yo‘lga qo‘yilgan.

Sud yongin-texnikaviy ekspertizasi amaliyoti, bugungi kunga kelib, sodir bo‘layotgan yong‘inlar orasida, ya’ni bino, inshoot, uy-joy va boshka turli qurilmalarda sodir bo‘layotgan yong‘inlar bilan bir qatorda, avtotransport vositalarida sodir bo‘layotgan yong‘inlar xam ko‘pchilikni tashkil qilayotganligini ko‘rsatmoqda. Buni, sodir bulgan yong‘in fakti yuzasidan RSEMga tayinlangan sud yongin-texnikaviy ekspertizasi qarorlaridan va uning asosida berilgan xulosalardan kuzatish mumkin.

Markazning Yong‘in-texnik ekspertizasi laboratoriyasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17 yanvar 2019 yildagi 4125-sonli  “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi FVV Yong‘in xavfsizligi instituti bilan xamkorlikda “Yong‘in sodir bo‘lgan ob’ektlarda yong‘inning sababini aniqlashda ashyoviy dalillarni axamiyati” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi bajarildi va uning asosida ekspertlar xizmattda foydalanish mazkur uslubiy tavsiya yaratildi.

Hozirgi kunda ushbu ilmiy-tadqiqot ishining uslubiy tavsiyasi yong‘inlarning kelib chiqish sababini aniqlashda katta rol o‘ynamoqda.

Sud yong‘in-texnikaviy ekspertizasiga kelib tushayotgan materiallar orasida, murakkab va o‘ta murakkab ekspertiza tadqiqotlarini talab qiladiganlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Mazkur ekspertiza turi bo‘yicha surishtiruv va tergov idoralari tomonidan tayinlanayotgan ekspertizalar soni o‘sib borayotganligini va bu esa dalilning bu turiga katta axamiyat berilayotganligini ko‘rsatmoqda.

Sud yong‘in-texnik ekspertizasi keng ko‘lamdagi klasifikatsion va diagnostik masalalarni xal etadi.

Klassifikatsion masalalarga Yongin xavfsizligi qoidalari, DavST, QMQ va shu kabi me’yoriy xujjatlarning talab va qoidalarining buzilishi oqibatida sodir bulgan yong‘inlar bilan bog‘liq savollar kiradi.

Diagnostik masalalarga yong‘inning kelib chiqish mexanizmi tiklanilishi yo‘li bilan aniqlanadigan masalalar kiradi. Bular: yong‘inning kelib chiqishiga elektr tarmog‘i, gaz tizimi, texnologik jarayonlar, avariya xolatlar, tashqi yong‘in manbayi kabilarning yong‘inga sabab bo‘lganligi yoki yo‘qligini aniqlash masalalaridir.

         Yuqoridagilardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlarining uslubiy tavsiyalari ekspertiza tadqiqotlarida qo‘llanishi xulosaning qatiy holda berishda o‘z samarasini  beradi, aniqlash imkoniyati yo‘q, extimoliy xulosalarni tubdan kamayishiga erishishga olib keladi.

Skip to content