Sud ekspertizasi ahamiyati va Yo‘l transport hodisasi holatlarini ekspetiza turlari bo‘yicha tadqiq qilish

Bugungi kundagi Respublikamizda olib borilayotgan isloxotlar va ularning pirovardida kundan kunga rivojlanib borayotgan jamiyatimizni transport vositalarisiz tasavur etishimiz bir muncha qiyin masala, chunki qaysi bir soxani olib qaramaylik transport vositalari Respublikamizda malga oshirilayotgan qurilish va bunyokorlik ishlarini, axolining ishtimoiy va iqtisodiy xayotini va albatta kunlik ish faoliyatimizni ularsiz tasavur etishimiz qiyin. Aynan shu sabab transport vositalariga bo‘lgan talab kundan kunga oshib borayotgan xech birimizga sir emas.

Ammo transport vositalarini kundan kunga ko‘payishi o‘z o‘zidan Yo‘l transport hodisalari sonini ko‘payishiga ham sabab bo‘lmoqda. Transport vositalarining ko‘payishi, transport vositalari oqimining tezlashishi va Yo‘l transport hodisalari holatlarining murakablik darajasini oshib borishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu vaziyat Yo‘l transport hodisasi qatnashchilari o‘rtasida kelib chiqadigan nizoli vaziyatlarni har tomonlama to‘lakonli tahlil qilish, ushbu sodir bo‘lgan hodisa holatlarini qonuniy hal etish uchun tergov, tergovga qadar surishtiruv, sud organlari va barcha tergovchi, surishtirchilarga Yo‘l transport hodisalarini tadqiq qilish maxsus bilimiga ega bo‘lgan mutaxasislarga bo‘lgan talabning kuchayib borishiga, shuningdek Sud ekspertiza muassasalariga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda aloxida qayd etib o‘tishimiz lozimki, oxirgi yillarda muxtaram Prizidentimiz tomonlaridan 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustior yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmonning tasdiqlanishi va ushbu besh ustivor yo‘nalishlardan ikkinchi yo‘nalish “Qonun ustivorligni ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish” bo‘lib ushbu farmon asosida, muxtaram Prizidentimiz va Vazillar maxkamasi tomonidan sohaga oid qator qarorlarning tasdiqlanishi sud ekspertlik faoliyatiga bo‘layotgan etiborning kuchayganidan dalolat beradi.

Xususan, vazirlar maxkamasi omonidan tasdiqlangan 206 – sonli , 321 – sonli va 338 – sonli qarorlarni tasdiqlanishi shuningdek ulani amalga oshirilishi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga bo‘layotgan aloxida etibordan darak bermoqda. Ushbu davlat miqqiyosidagi islohotlar pirovardida bugungi kunda Markazda 50 ta ekspertiza turlari va 69 ta mutaxasislik bo‘yicha sud – ekspertiza tadqiqotlari olib orilayotganligi, xususan Yo‘l transport hodisalarini tadqiq qilish bo‘yicha markaz ekspertlarini chet el ekspertiza muassasalarida malaka oshirib qaytishi va shuning asnosida chet el tajribasini respublikamiz hududida tadbiq qilishi va yo‘l transport hodisalarini tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan maxsus “DTP ekspert”, “PCcrash” kabi kompyuter programmalarining amaliyotga tadbiq qilinishi, ushbu dasturlar asnosida ekspertiza yo‘nalishlari bo‘yicha ekspertiza tadqiqotlari shu bilan birga jismoniy va yuridik shaxslar uchun esa mutaxasis fikrlari berib borilmoqda. Markaz va uning viloyat bo‘limlarida kuydagi ekspertiza turlari bo‘yicha 13.1 – “Sud – avtotexnina ekspertizasi (yo‘l transport hodisalari holatlarini matematik hisoblar yo‘li bilan hisoblash ekspertizasi)”, 13.2 – “Sud – transport vositalari texnik holatlarini tadqiq qilish ekspertizasi (trasport vositalari vav ularni tashkil etuvchi agregat va uzellar texnik holatini tadqiq qilish ekspertizasi)”, 14.1 – “Sud transport izshunoslik (trasologiya) ekspertizasi (yo‘l transport xodisasi oqibatida trasnport vositalarida vujudga kelgan izlarni tadqiq qilish ekspertizasi)”, va 13.3 – “Sud transport baholash ekspertizasi (transport vositalarini baholash va turli (transport vositalarini yo‘l transport hodisasi oqibatida, tabiiy ofatlar oqibatida, tashqi muxit tasirida) sabalarga ko‘ra transport vositalariga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash )”. Yo‘l transport hodisalarini tadqiq qilish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmoqda va tegishli xulosalar, shuningdek mutaxasis fiklari berib kelinmoqda.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi
Buxoro viloyat bo‘limi eksperti Baxtiyor Bobomurodovich Izomov.

Skip to content