✅Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari (keyingi o‘rinlarda Sud ekspertlari deb yuritiladi)ni qayta tayyorlash kursiga 2021 o‘quv yili uchun qabul e’lon qilinadi.
✅Qayta tayyorlash o‘quv kurslariga 2021 o‘quv yili uchun talabgorlardan hujjatlar 2021 yil 26 fevralga qadar qabul qilinadi. Talabgor hujjatlarni Markazga kelib yoki pochta yoxud info@sudex.uz elektron pochta orqali sifatli (ko‘rinarli, yaxshi o‘qiladigan) darajada taqdim qilishi (suhbat jarayonida hujjatlarning asli ko‘rsatiladi) lozim.
✅Talabgor X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb yuritiladi)da tashkil etilgan Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
🔵Markaz direktori – komissiya raisi nomiga ariza (arizada talabgorning qaysi tilda ta’lim olish istagi ko‘rsatiladi);
🔵pasport nusxasi (pasportning asl nusxasi hujjat topshirish yoki suhbat jarayonida ko‘rsatiladi);
🔵ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi (diplom asl nusxasi hujjat topshirish yoki suhbat jarayonida ko‘rsatiladi);
🔵3,5×4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;
🔵nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomidan tavsiyanoma (agar talabgor yuridik shaxs xodimi bo‘lsa);
✅Qabul komissiyasi tomonidan (o‘zbek yoki rus tilida) suhbat 2021 yil mart oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi binosi (Toshkent shahri, Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi)da o‘tkaziladi.
✅O‘qish muddati olti oydan (24 xafta) kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi.
✅O‘qish uchun to‘lov miqdori o‘quv jarayoni an’anaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda, amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 45 (qirq besh) baravari miqdorida, masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining 40 (qirq) baravari miqdorida amalga oshiriladi.
✅Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqami:
71 209 11 55 (149)