SULAYMONOVA NOMIDAGI RESPUBLIKA SUD EKSPERTIZASI MARKAZI QUYIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI
(3-sonli)
№ |
Vakant lavozim nomi | Oylik maoshi |
Malakaga oid talablar |
1 |
Tashkiliy nazorat va tahlil bo‘limi boshlig‘i | 4 000 000 so‘m 6 oydan so‘ng yana ko‘tariladi |
Oliy ma’lumot |
2 |
Buxgalteriya hisobi va nazorati bo‘limi buxgalteri | 2 500 000 so‘m 6 oydan so‘ng yana ko‘tariladi |
Oliy ma’lumot, |
3 | Sud ballistika va izshunoslik ekspertizasi laboratoriyasi eksperti (xodimning bola parvarishi ta’tili davrida) | 3 000 000 so‘m 6 oydan so‘ng yana ko‘tariladi |
Oliy ma’lumot, Fizik, kimyo-texnologiyasi, huquqshunos, muhandislik-texnologiyasi, kimyo o‘qituvchisi |
4 | Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi eksperti (xodimning bola parvarishi ta’tili davrida) | 3 000 000 so‘m 6 oydan so‘ng yana ko‘tariladi |
Oliy ma’lumot, Kimyogar (analitik), fizik (optik), biolog (botanik, biolog-hayvonlar fiziologiyasi), farmasevt, muxandis-elektrik, muxandis-fizik, kimyogar-texnolog, kimyoviy-texnologiya jarayon va uskunalar, qand va bijg‘ish maxsulotlari texnologiyasi, noorganik moddalar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyasi, donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi, atrof muhit muhofazasi muxandisi, kimyo va biologiya o‘qituvchisi, fizik, yong‘in xafsizligi muxandisi, to‘qimachilik maxsuloti texnologiyasi, iqtisodchi, muhandis-texnolog (muxandis-ximik, muxandis materialshunos), pedagog iqtisodchi |
5 |
Tovarshunoslik ekspertizasi bo‘limi eksperti | 3 000 000 so‘m 6 oydan so‘ng yana ko‘tariladi |
Oliy ma’lumot, |
6 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ish yurituvchi kotibasi 0,5 stv | 900 000 so’m | Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot |
7 | Kompyuter texnigi | 1 800 000 so’m | Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot, soha bo‘yicha bilim va tajriba |
8 |
Hisoblash texnikasi texnigi 0,5 stv | 800 000 so‘m |
O‘rta maxsus ma’lumot |
9 | Xat tashuvchi (kuryer) | 1 500 000 so‘m |
O‘rta maxsus ma’lumot |
Oylik ish haqidan tashqari ijtimoiy himoyalashga qaratilgan quyidagi choralar va to‘lovlar ta’minlanadi:
– oylik ish haqiga martaba darajalari uchun va ko‘p yillik xizmati uchun qo‘shimchalar (bundan tashqari, mukofot puli, moddiy yordam va boshqalar) qo‘shib boriladi;
– adliya organlari va muassasalari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalari beriladi;
– Mehnat kodeksida belgilangan 6 ta bayram va 4 ta chorak yakunlari bo‘yicha mukofot pullari;
– xodim ta’tilga chiqqanda ikki oylik ish haqi fondi miqdorida moddiy yordam puli;
– turli xil konsert va teatrlarga chiptalar hamda sanatoriy va boshqa davolash muassasalariga, shuningdek bolalar oromgohlariga yo‘llanmalar;
Bundan tashqari:
– mansab lavozimlarida o‘sib borish;
– ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalar.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- Xodimning shaxsiy varaqasi (so‘rovnoma yoki ma’lumotnoma-ob’ektivka);
- Diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma, oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurslarida ta’lim olayotganlar bundan mustasno;
- Nomzodning pasport nusxasi.
(Nomzodlar tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni hamda qaysi ish o‘rniga hujjat topshirish istagi haqidagi ma’lumotlarni yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda Markazning info@sudex.uz elektron pochtasiga elektron shaklda ham yuborishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2021 yilning 24 aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.
Tanlov X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi binoasida o‘tkaziladi. Manzil: Toshkent sh. Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi. Mo‘ljal China Town restorani.
Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari mavjudligi haqidagi asoslantirilgan xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram botiga murojaat qilishingiz mumkin.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: