YER MAYDONLARIGA BO‘LGAN FOYDALANISH HUQUQLARNI BAHOLASH TARTIBI
Iqtisodiy nuqtai nazardan yerning qiymatini baholashning obyektlari yer maydoniga bo‘lgan turli mulkiy huquqlar sanaladi.
Shu kabi huquqlarga quyidagilar kiradi: mulkning to‘liq huquqi, mulkdorning ijaraga berish huquqi, ijarachining ijaraga olish huquqi, murakkab narsa (yagona mulkiy majmua) tarkibidagi yerga ijara va mulk huquqi, naturada ajratilmagan yer qismiga egalik va mulkiy huquqi, va boshqa huquqlar.
Yagona mulkiy majmua (qurilgan maydon) qiymatidan yerga to‘g‘ri keladigan bir qismi ajratib berilganida, odatda yerga to‘liq egalik huquqi qiymatini aks ettiruvchi narxni baholashadi. Agar yer maydoni boshqa huquqda joylashsa, masalan ijarada bo‘lsa, unda yer maydoni qiymati kattaligi o‘zgartiriladi.
Yerga baho bersak, u yoki bu yer maydonidan foydalanib, bizga ma’lum foydani qo‘lga kiritishga imkon beradigan bizga tegishli bo‘lgan huquqlar ko‘lamini baholaymiz. To‘liq egalik huquqi huquqlar majmuini aks ettiradi, ular bir-biridan ajratiladi.
Yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqlarni baholash bo‘yicha ekspertizaning obyektlari
Yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqlarni baholash bo‘yicha sud ekspertizasining predmeti yer maydoniga (ham maydonning o‘ziga, ham bino va inshootlarga) bo‘lgan huquqning turi bilan bog‘liq daliliy ma’lumotlar hisoblanadi), bunda mavjud cheklovlar va malolliklar, maqsadli vazifalar va yer qonunchiligi bo‘yicha foydalanishning ruxsat etilganligi, huquqni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish shakli haqidagi ma’lumotlar, ko‘rib chiqilayotgan huquning yer maydonlari – analoglari – bo‘yicha kelishuvlar haqidagi bozor ma’lumotlari, yer maydoni bo‘yicha kadastr ma’lumotlari – uning joylashuvi (adres), o‘lchovlari, konfiguratsiyasi, hamda binolar, inshootlar, shuningdek hajm-rejali va konstruktiv xususiyatlari, foydalanish muddati, texnik holati, muhandislik asbob-uskunalar o‘lchovlari, yer maydonidagi qurilish obyektlari mavjud va mavjud bo‘lmagan qismlarning nisbati, ular ekspertlar tomonidan – yer tuzish, shaharsozlik, qurilish, moliyaviy iqtisodiyot sohalariga oid maxsus bilimlar asosida o‘rnatiladi.
Yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqlarni baholash bo‘yicha sud ekspertizasining tadqiqot obyektlari:
-huquqni o‘rnatuvchi va ko‘rib chiqilayotgan huquqning turiga oid huquqni tasdiqlovchi hujjat, unga maqsadli vazifalar, ruxsat etilgan foydalanish haqidagi
ma’lumotlar, yer maydoniga bo‘lgan boshqa shaxslarning huquqlari yoki yer maydoniga bo‘lgan mulkiy huquqlarning bo‘linishi kiradi.
- huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi
- turar joy, jamoat, fuqarolik-sanoat maqsadli bino va inshootlari, yer
maydonlaridan o‘tuvchi, qo‘shni hududlar (ko‘chalar, xarobazorlar va hokazo).
- Davlat shaharsozlik kadastridan olingan ma’lumotlar:
- topografik chizma;
- yerni binolarni yoki inshootlarni qurish maqsadida foydalanish chizmasi;
- yer maydonining kadastr (vaziyatli) chizmasi;
- yer maydoni, unda joylashgan bino va inshootlarga tegishli loyihaviy yoki kadastr hujjatlari ( yer maydonining bosh chizmasi, binolardagi har bir qavatning chizmalari, maydonlarni hisoblab chiqishning axborotnomasi, binolar va inshootlar tarkibining ta’rifi, texnik holati va hokazolar).
- ko‘rib chiqilayotgan yer maydoniga bo‘lgan huquqning analoglar bo‘yicha kelishuvlarning bozor ma’lumotlari.
Yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqlarini baholash bo‘yicha sud ekspertizasining vazifalari:
- Qurilish obyektlari mavjud bo‘lmagan (bo‘sh) yer maydonining ijara
huquqlari qiymatini aniqlashtirish.
- Qurilish obyektlari mavjud yer maydonining ijara huquqlari qiymatini
- Qurilish obyektlari mavjud bo‘lmagan yer maydonining foydalanish huquqi
qiymatini aniqlashtirish.
- Qurilish obyektlari mavjud yer maydonining foydalanish huquqi qiymatini aniqlashtirish.
XULOSA
Yer maydonlari qiymatini tuzatishning umumiy qoidalarini inobatga olish zarur: qo‘shiladigan ulush tamoyiliga asoslanib faqatgina taqqoslanadigan ob’ekt qiymati o‘zgartiriladi. Agarda o‘xshash ob’ekt baholanadigan ob’ektdan yaxshiroq bo‘lsa, unda uning sotuv narxi ulush kattaligiga qarab, kamaytirilishi zarur va aksincha baholanadigan ob’ekt ustunroq bo‘lsa, unda narx nisbatan ko‘tariladi.
Sotuvlarni taqqosash jarayonida bozorda xarid qilingan o‘xshash mulk obyektlari ko‘rib chiqiladi, keyin baholanadigan va boshqa ob’ektlar o‘rtasidagi tafovutni aks ettiruvchi tuzatishlar kiritiladi. Natijada har bir ob’ektning narxi aniqlashtiriladi.
Андижон вилоят суд қурилиш-техникавий
экспертизаси эксперти: Д.Ш.Хожиматов