Transport vositalarining tekshirilayotgan hodisaga tegishliligi va hodisaning umumiy jarayonini tadqiq qilish sud transport-izshunoslik ekspertizasining mavzusidir. Transport-izshunoslik ekspertizasi tadqiqotlari davomida eng muhim xal qilinadigan savollardan biri bu transport vositalarning toʻqnashuv joyini aniqlash masalasi hisoblanadi.Toʻqnashuv joyini aniqlash uchun jinoiy ishdagi voqea joyini koʻzdan kechirish bayonnomasi, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlardan foylalaniladi.
Transport-izshunoslik ekspertizasini oʻtkazish amaliyotida toʻqnashuv joyini koʻrsatuvchi birlamchi alomatlar asfaltdagi sirpanish, qirilish izlari boshlangan, tormoz izlari yoʻnalishini keskin oʻzgargan yoki tormoz izi uzilgan joy, loy yoki tuproq toʻkilmalari tushgan joy xamda oyna siniqlari, boʻyoq parchalari, hamda toʻqnashuv natijasida voqea joyda avtomobillardan ajralib qolgan ehtiyot qismlari yotgan joyi, hisoblanadi.
Transport-izshunoslik ekspertizasi toʻqnashuv joyini aniqlash alohida oʻrin egallaydi. Toʻqnashuv joyini aniqlash orqali xaydovchilarning xarakatiga sud-tergov idorasi tomonidan amaldagi “Yoʻl xarakati qoidalari” talablari asosida baho berishi mumkin.
Toʻqnashuv joyini aniqlash va uning alomatlari xaqida gaplashadigan boʻlsak, birlamchi toʻqnashuv joyini belgilovchi bu tormoz izlarini birdan uzilgan joyi yoki uning yoʻnalishi keskin oʻzgargan joyi hisoblanadi. Tormoz izlarini tugagan joyi xar doim xam toʻqnashuv joyi boʻla olmaydi uni boshqa omillar shisha siniqlari tuproq uyumi va transport vositalarini toʻqnashuvdan keyingi xolatlarini bilan bogʻlab yechish lozim boʻladi, chunki haydovchi tormozlab kelib bevosita toʻqnashuvdan oldin tormoz pedalini qoʻyvorgan boʻlishi mumkin.
Shuningdek, tuproq uyumi tushgan joy xam toʻqnashuv joyi belgilaydi, chunki toʻqnashuv vaqtida tuproq uyumi transport vositalarini tag qismlaridan urilish vaqtida avtomobillarni tag qismiga yopishgan loy qismlaridan toʻqnashuv joyida tushadi.
Shisha siniqlari va singan ehtiyot qismlar asosida toʻqnashuv joyini qatʼiy ravishda xar doim xam aniqlab boʻlmaydi, chunki shisha siniqlari va transport vositalarini singan ehtiyot qismlari toʻqnashuv joyning oʻziga tushmasligi mumkin, balki extiyot qismlarning qisilib qolishi yoki otilishi oqibatida toʻqnashuv joyidan maʼlum bir masofa otilishi yoki oʻtib tushishi mumkin, yoki yerga tushgandan soʻng otilishi hisobiga oʻz oʻrnini oʻzgartirishi mumkin.
Toʻqnashuv joyini aniqlashda shuningdek, yoʻlning qatnov qismida (asfaltdagi) qolgan qirilish yoki sirpanish izlari xam belgilashi mumkin. Bunda albatta ushbu qirilish izi qaysi transport vositasidan va aynan qaysi qismidan qolganligini aniqlash lozim.
Toʻqnashuv joyini aniqlash voqea kuni tuzilgan yoʻl transport xodisasi chizmasiga asosan aniqlanadi. Shuning uchun ham voqea kuni tuzilgan chizmani qanchalik sifatli tuzilishi toʻqnashuv joyi xaqidagi savolni shunchalik aniq va toʻliq xal etish uchun xizmat qiladi. Agar voqea kuni tuzilgan chizmada hech qanday toʻqnashuv joyini belgilovchi yuqorida sanab oʻtilgan alomatlar boʻlmasa oʻz oʻzidan toʻqnashuv joyini ekspertiza yoʻli bilan aniqlashning imkoniyati boʻlmaydi.
Shisha siniqlari va singan ehtiyot qismlar boʻyicha toʻqnashuv joyini aniqlashda ularning sochilishi mexanizmini taxlil qilish lozim, yaʼni transport vositalarini toʻqnashuvgacha boʻlgan harakat yoʻnalishlari, toʻqnashuv burchagi va ularning toʻqnashuvdan keyingi joylashganligini inobatga olish lozim. Bunda transport vositalarini toʻqnashuvdan keyingiz qaysi tomonidan bilan aylangan boʻlishi mumkinligini (soat strelkasi boʻyicha yoki unga qarshi yoʻnalishdaligini) taxlil qilish lozim.Shisha siniqlari asosida toʻqnashuv joyini aniqlashda mayda oʻlchamdagi shisha siniqlari toʻqnashuv joyiga tushadi, katta boʻlaklari esa maʼlum bir masofaga otilishi va transport vositalarini orasida qisilib qolib keyinchalik yoʻlning qatnov qismiga tushishi mumkin. Faqatgina shisha siniqlari asosida qatʼiy xulosa berishda ekspertlar ehtiyot boʻlishlari lozim, chunki yuqorida aytib oʻtilganidek shisha siniqlariga qarab toʻqnashuv joyini aniq nuqtasini belgilash murakkab hisoblanadi.
Tormoz izlaridan kelib chiqqib toʻqnashuv joyini aniqlashda yuqorida aytilganidek tormoz izlarini albatta qaysi transport vositasidan qolganligi aniqlash lozim va boshqa toʻqnashuv joyini belgilovchi alomatlar bilan bogʻlash kerak boʻladi. Agar transport vositasini oʻng yoki chap tomonidan bittalik gʻildirak(yoki tormoz) izi qolgan boʻlsa uning xam transport vositasining qaysi tomonidan gʻildiraklaridan qolganligiga aniqlik kiritilish lozim boʻladi.

Shisha siniqlarining sochilish uzoqligi boʻyicha taxminiy toʻqnashuv joyini kuyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin.

Bu yerda: S –transport vositalari qarama-qarshi yoʻnalishda toʻqnashganlarida eng uzoq va yaqin chegaralarida oʻrtasidagi masofa;
V1, V2 –transport vositalarini toʻqnashuvgacha boʻlgan xarakat tezliklari.
Shuningdek, kuyidagi tenglama orqali transport vositasining tezligiga qarab shisha siniqlarini sochilish uzoqligiga qarab toʻqnashuv joyini aniqlash formulasi:

Bu yerda:
Va –transport vositasining shisha qismining sinish vaqtidagi harakat tezligi, km / s;
h –transport vositasining shisha qismining joylashuvi, yaʼni yerdan boʻlgan balandligi, m
Ushbu formulalar orqali aniq toʻqnashuv nuqtasini aniqlab boʻlmaydi, chunki shisha siniqlari xodisadan soʻng oʻz xolatlarini oʻzgatirishlari mumkin. Shu sababli imkon boricha boshqa omillar boʻlsa ularni xam bogʻlab toʻqnashuv joyini aniqlash maqsadga muvofiq boʻladi.
Yuqorida keltirilgan har bir belgi alohida holda muayyan axborot berganligi sababli, sud avtotexnika ekspertizasi amaliyotida ularning har biri mustaqil ravishda toʻqnashuv joyini aniqlash uchun yetarlicha xisoblanishi mumkin. Ekspert voqea joyida aniqlangan barcha trasologik izlar, transport vositalaridagi shikastlanishlar va ish materiallaridagi boshqa maʼlumotlarni oʻzaro taqqoslagan holda kompleks tahlil oʻtkazishi lozim. Faqat shundagina toʻqnashuv joyini yuqori darajadagi aniqlik va ishonchlilik bilan belgilash mumkin boʻladi.
X.Sulaymonova nomidagi RSEMning
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
boʻlimi mudiri A.Q.Saburov