O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI X.SULAYMONOVA NOMIDAGI RESPUBLIKA SUD-EKSPERTIZA MARKAZI SUD-EKSPERTLIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL E’LON QILADI

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi.

Ixtisoslik nomi

O‘rinlar soni

Tayanch doktorantura (PhD)
12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi

2 ta

Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:

– magistr darajasidagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga talabgorlar www.daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

– Institut direktori nomiga tayanch doktoranturaga qabul qilish haqida ariza;

– talabgorning qisqacha biografik ma’lumotnomasi (obyektivka);

– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

– ish joyidan tavsifnoma;

– pasport nusxasi;

– xorijiy tilni darajasida bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat;

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim o‘qish uch yilgacha davom etadi.

Tayanch doktoranturada talabgorlarning hujjatlari joriy yilning 15-sentabrdan 15-oktabr kuniga qadar www.daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Shuningdek, talabgorlar Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti ma’sul xodimlariga 2024-yilning 15-oktabr kuniga qadar barcha zaruriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun

Telefon: (71)-209-11-55 ichki (205, 201, 203)

Markaz veb-sayti: www.sudex.uz

Elektron manzil: institut@sudex.uz

Ma’lumot uchun: Talabgorlar uchun tanlovda ishtirok etish talablari va topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda batafsil ko‘rsatilgan.

Skip to content