Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, yuklarni va tabiiy resurs boyliklarni saqlash, tashish aholiga uzluksiz yetkazish, sanoat qurilmalarini nazorat qilish va ularni daxlsizligigni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga qaramay, har yili bu sohadagi jinoyatlar soni oshib bormoqda, chunki jinoyatchilar tomonidan plombalovchi uskunalarni buzish, o‘zgartirish kiritish, va boshqa jinoiy yo‘llar bilan ochish yangicha bosqichga chiqmoqda. Jinoiy ta’sirlar soni yaqin kelajakda ham hozirgi ko‘rsatkichdan oshishi kutilmoqda, chunki ular tobora puxtaroq rejalashtirilmoqda. Turli texnik vositalar va usullardan foydalanib, jinoyatchilar soxta plombalash moslamalarini tayyorlamoqda.
— tadqiqotga taqdim etilgan ob’ektlarni umumiy ko‘zdan kechirish, ekspertiza tayinlash haqidagi qarorni va boshqa qo‘shimcha materiallarni (protsessual hujjatlarning nusxalari, tijorat aktlari va shu kabilar) o‘rganish;
— plomba va uning osgichining tashqi (ishchi, ta’sirlashuvchi) sirtlarini tadqiqot qilish;
— ob’ektlarning umumiy ko‘rinishi, plombaning sirti va aniqlangan belgilar hamda o‘ziga xos xususiyatlarini fotosuratga olish;
— plombani qismlarga ajratish (kesish);
— plombaning kanali, kamerasi va armirovka xalqalarining ichki sirtini tadqiq qilish;
— plomba korpusining ichki sirtini fotosuratga olish;
— tadqiq etilayotgan plombani tekshirishda aniqlangan belgilar va xususyailarni, eksperimental plombalardagi xuddi shunday xususiyatlar bilan taqqoslash;
— aniqlangan belgilar va o‘ziga xos xususiyatlarni o‘zaro aloqadorligini izohlash orqali o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish;
— ekspert oldiga qo‘yilgan savollarga javoblar shaklidagi yakuniy xulosalarni shakllantirish;
— ekspertiza xulosasini tuzish va unga fotojadvallarni rasmiylashtirish.
Ekspertizaga taqdim etilgan materiallar bilan tanishishda, plombani aniqlash va olish bilan bog‘liq barcha holatlarni hamda birinchi navbatda ushbu plombani ruxsat etilgan tartibda ochish usullarini aniqlashtirib olish zarur.
Undan tashqari, ekspert oldiga qo‘yilgan savollarning mazmuni hamda ushbu savollarga javob berish ekspertning vakolatiga tegishli ekanligini ham aniqlab olish lozim.
Undan so‘ng, ekspertizaga taqdim etilgan ob’ektlar – plombalar, plomba osish simining butunligi va undagi izlarni, plomalarni jinoiy maqsadda ochish uchun ishlatilgan buyum (predmet)larni ko‘zdan kechirish va batafsil alohida tadqiqotlari o‘tkaziladi.
Plombalarni tadqiq qilishda (tekshirishda) birinchi navbatda uning turi, o‘lchamli, xususiyatlari (xarakteristikalari)ning o‘zaro mosligi, plomba korpusi va osgichining materiali va tuzilishidagi o‘ziga xosliklarni belgilangan talablarga mos kelishi aniqlanadi.
Tadqiqot jarayonida plombalarni belgilangan tartibda osish qoidalarini buzish (jinoiy maqsadda ochish) belgilari aniqlanadi, ya’ni:
— plombani yetarli darajada emas, balki yengilroq qisish;
— plomba korpusi va ishchi sirtlarning parallel emasligi;
— nazorat belgilaridagi turli yozuvlar, raqamlar va boshqalarning aniq o‘qilmasligi yoki to‘liq aks etmaganligi;
— plombalovchi tisklarning tasvirlarini plombaning ishchi sirtlari markaziga nisbatan siljib qolganligi;
— plombalar tuynuklari chetlarining yetarlicha zich emasligi;
— osgich va uning tugunlarining plomba korpusida harakatlana olishi;
— osgich materialining plombaning rusumiga mos kelmasligi;
— osgich sirtmoqlari va uning erkin uchlari o‘lchamlarining belgilanganidan chetlashishlari.
Plombalarni tadqiqoti jarayonida belgilangan qoidalardan qandaydir chetlashishlar aniqlansa, ularning hosil bo‘lish mexanizmi hamda sabablari aniqlanishi lozim. Masalan, plombalarning ishchi (ta’sirlashuvchi) sirtlarida nazorat belgilari (matnlar, harflar yoki raqamlar)ning yaxshi yoki umuman o‘qilmasligining sababi plombaning dastlabki osishda, uni yetarlicha maxkam qisilmaganligi, begona buyum yoki moslama bilan qayta qisish yoki qablaki plombalardan foydalanish va shu kabilar bo‘lishi mumkin.
Agar, plomba korpusining yonbosh sirtlarini tadqiqot qilishda, uning tuynuklari shakli va konturlarining buzilishi (materialining siljishi, ko‘ndalang kesimi shaklining o‘zgarishi, tuynuklarning konussimon shaklga kelib qolishi) aniqlansa, bunday holda ushbu o‘zgarishlarning sabablari va hosil bo‘lish mexanizmini aniqlash zarur.
Plomba osgichini tadqiqot qilishda, uning sirtining holati, rangi, diametri hamda butun uzunligi bo‘yicha zichligi o‘rganiladi. Ushbu o‘rganishda, alohida e’tibor metal osgichdagi keskin bukilishlar, tozalash va kimyoviy ta’sir izlari va belgilariga qaratiladi. Kanopdan tayyorlangan osgichlarni tekshirishda esa osgich tolalari o‘rimining xususiyati va holati, ayrim joylaridagi diametrining o‘zgarganligi, alohida qismlaridagi zichligining o‘zgarishi kabilar aniqlanashi lozim. Ushbu belgilar, plombaga jinoiy (kriminal) maqsada ta’sir ko‘rsatilganidan so‘ng, plombani qayta osishda osgich tolalarining ajratilishi va uni keyin qayta birlashtirilishi (o‘rilishi) natijasida hosil bo‘lishi mumkin. Kanopdan tayyorlangan osgich tolalarini qayta birlashtirish (o‘rish) holatini aniqlash maqsadida ultrabinafsha yoritishdan foydalanish ham yaxshi samara beradi.
Undan tashqari, osgich tekshirishda, uning uchliklarining shakli va holatiga alohida e’tibor berish lozim – osgichning uchliklarida sinishlar, cho‘zlilib qolishlar, konussimon shaklga ega bo‘lib qolish, tolalarining o‘zaro ajralib qolishi va hokazolar mavjud bo‘lishi mumkin. Ushbu belgi va xususiyatlar plomba osgichi tolalarining o‘zaro ajralish mexanizmini aniqlashga imkon beradi.
Plombalar va ularning osgichlarini tadqiqot qilishda, yoritish burchaklarini 10 dan 80 º S gacha o‘zgartirirgan holda, yoyilgan va nuqtali qo‘shimcha yoritgichlardan foydalanish, shuningdek kattalish darajasi 2 – 16 marta bo‘lgan kattalashtirib ko‘rsatuvchi asbob-uskunalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Polietilen plombaning osgichi va plomba korpusida joylashgan osgich tugunlarini tadqiqot qilish uchun, uni rentgen nurlarida tekshirish yaxshi samara beradi. Bunday tadqiqot qilish, ekspert-izshunosl tomonidan, taqdim etilgan plombani kesish (qismlarga ajratish)dan oldin, uning ichki qismining holati haqida aniq tasvirlarini ko‘rish va o‘rganish imkoniyatini beradi.
Tadqiqotga taqdim etilgan plombalarning umumiy ko‘rinishi, uning ishchi (ta’sirlashuvchi) va yonbosh sirtlari, plombani osish qoidalarining buzilishi yoki bu qoidalardan chetlashishlar, plombaga va uning osgichiga begona buyumlar bilan qilingan ta’sirning belgilari fotosuratga olinishi kerak. Fotosuratga olishda makro va mikro fotosuratga olish qolidalaridan to‘liq foydalanish lozim.
Plombaning ishchi sirtlarida mavjud bo‘lgan rel’efli matnlarni fotosuratga olishda opakli (oq noshaffof elementdan o‘tuvchi nurlar) yoritishdan, plombaga ko‘rsatilgan jinoiy ta’sirlarning belgi va xususiyatlarini fotosuratga olishda esa o‘tmas burchak ositida tushuvchi yoritishdan foydalangan ma’qulroq. Fotosuratlarning masshtabi aniqlangan barcha belgi va xususiyatlarni aniq ko‘rinadigan (yaxshi o‘qiladigan) darajadagi o‘lchamda bo‘lishi kerak. Odatda, ob’ektlar (buyum yoki ularda mavjud belgilar)ni 4 – 8 marta katalashtirib suratga olinadi.
Tekshirilayotgan plombaga yoki uning osgichiga qilingan jinoiy ta’sirning belgilari va xususiyatlari, nafaqat ushbu ta’sirning usulini aniqlash maqsadida, balki ushbu jinoiy ta’sirlarning hosil bo‘lish mexanizmi – begona buyumlarning ta’sirlashuvchi sirtlarining aksini aniqlash hamda ushbu iz va belgilarning identifikatsion tadqiqotlari uchun yaroqli ekanligini haqidagi savollarga ilmiy asoslangan jaovblar berish maqsadida ham baholanadi.
Ekspertiza tadqiqotlarining keyingi bosqichi ushbu plombalarning ichki sirti: kanali, kamerasi va armirovka xalqalarini tadqiqot etishdan iborat. Buning uchun taqdim etilgan plomba yonboshidan ikkita teng qismlarga ajratiladi, ushbu ajratishda, kesish chizig‘i, plombaning ta’sirlashuvchi sirtlariga parallel tarzda bo‘lishi lozim.
Plombani ikkita elastik (ko‘p qavatli mato, rezina) qatlamlar orasiga olib ehtiyotlik bilan qisiladi va ketma-ket ikkita kesik (kesilgan joy) hosil qilinadi, ushbu kesiklar plombaning kirish va chiqish tuynuklari orasidagi yonbosh sirtlaridan boshlanadi. Ushbu jarayonda, plombani kesishda (ikkiga ajratishda) ishlatilayotgan asbob (skalpel, pichoq, lezvie) plombaning armirovka xalqasi, kanallar va kamera sirtlariga shikast yetkazmasligi hamda osgichning yaxlitligini buzmasligi lozim.
Agar, tadqiqotga juda ko‘p miqdorda plombalar taqdim etilgan bo‘lsa, plombani ikkiga ajratish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish maqsadida, maxsus plomba keskich tayyorlab olgan ma’qul. Buning uchun metal kesishga mo‘ljallangan qaychi yoki qirqishga mo‘ljallangan ombir (passatije)ning ishchi sirtlari (lablari) ingichka qilib o‘tkirlanadi (tig‘ muhrasi (obuxi)ning qalinligi 1,5 mm dan ortmasligi kerak). Bu kabi maxsus keskich plombalarni xavfsiz va samarali kesish (ikkiga ajratish) imkonini beradi.
Plombalarni ikkiga ajratilgandan so‘ng, plomba osgichi va uning tugunlarining plomba korpusida joylashish holati albatta fotosuratga olinishi zarur. Plombaning ichki sirtining keyingi tadqiqotlari, plombada, uni jinoiy maqsadlarda ochish yoki plomba osish qoidalarini buzish va ushbu qoidalardan chetlashish belgilarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Buning uchun plomba osgichini plomba korpusi ichki sirtiga bosilishi natijasida hosil bo‘ladigan ezilgan izlar (ariqchalar) va ularning osgich konfiguratsiyasiga mosligi, osgich tugunlarining shu kabi ezilgan izlarining miqdori aniqlanadi. Undan tashqari, osgichning plomba ichida joylashgan qismlarining butunligi aniqlanashi lozim.
Plombani osish qoidalarini buzish belgilari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
— osgich tugunlarining armirovka xalqasidan pastda joylashishi;
— osgich tushunlari miqdorining kamligi (tugunlar ikkitadan kam).
Plombalarni jinoiy (kriminal) maqsadda ochish belgilari esa quyidagilar bo‘lishi mumkin:
— osgichning aks-izlaridagi ajralishlar (ariqchalarning ikkitaligi);
— osgich va uning aks-izlarining joylashishi (topografiyasi)ning o‘zaro mos kelmasligi;
— osgich tuguni aks-izlariningdagi ajralishlar (ariqchalarning ikkitaligi);
— osgich tuguni va uning aks-izlarining joylashishi (topografiyasi)ning o‘zaro mos kelmasligi;
— plomba osgichining tugunlari mavjud sohalarida ushbu tugunlarga xos bo‘lmagan belgilarning borligi: osgichning keskin bukilishi yoki uzilishi (sinishi), osgich tolalarining o‘zaro zich emasligi va hokazolar;
— osgich yaxlitligining buzilganligi;
— plomba korpusining osgich va uning tugunlari bilan ta’sirlashadigan sohalarida dinamik izlar va metal ko‘chishlari (siljishlari)ning mavjudligi;
— plomba kanalarining kirish va chiqish tuynuklari sohasida begona buyumlar bilan ta’sir qilish izlarining mavjudligi, ushbu tuynuklarining kengaytirish izlari (belgilari).
Polietilen plombalarni tadqiqot qilishda, plombalarning armirovka xalqalarining barcha sohalari, jinoiy maqsadda ochish belgilarini aniqlash maqsadida batafsil va diqqat bilan tekshiriladi. Ushbu plombalarni tekshirishda jinoiy maqsadda ochish yoki shunday ochishga bo‘lgan harakat izlari aniqlansa, plombalarning ushbu izlar aniqlangan sohalariga qarama-qarshi qismlari ichki sirtlari yanada batafsilroq tekshirilishi lozim. Bu tekshirish ekspert-izshunosllarga ushbu izlar va belgilarni xarakteri va hosil bo‘lish mexanizmiga ko‘ra o‘zaro taqqoslashga, ushbu xususiyatlarni o‘zaro mosligini baholashga, va pirovard natijada plombaga ko‘rsatilgan ta’sirning mexanizmi haqida fikr yuritishga imkon yaratadi.
Plombalarning izshunoslik tadqiqotlarining oxirgi bosqichi o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalarni shakllantirishdan iborat bo‘ladi. Bu jarayonda ekspert-izshunosl tadqiqot jarayonida aniqlangan barcha belgi va xususiyatlarni ularning o‘zaro joylashishi va holati, hosil bo‘lish mexanizmi, ifodalanganlik darajasi va sababiy bog‘liqligi bo‘yicha mos kelishi nuqtai nazaridan solshtirishi va baholashi lozim. Tadqiqot natijalari bo‘yicha qat’iy yakuniy xulosa chiqarish uchun, tadqiqot jarayonida aniqlangan barcha qarama-qarshiliklar (qikrlar) bartaraf etilishi, negativ holatlarga esa asosli izohlar berilishi shart.
Tadqiqotga taqdim etilgan plombaga, uni ruxsat etilmagan tarzda (jinoiy maqsadda) ochish uchun ta’sir ko‘rsatilganligi bo‘yicha qat’iy xulosa chiqarish — ekspert-izshunoslda, ushbu plombaga haqiqatan ham belgilanmagan tartibda ta’sir ko‘rsatilganligi, ushbu ta’sir natijasida plomba o‘zining nazorat funksiyalarini bajara olmay qolganligi hamda tegishli berkitilgan ob’ektni belgilanmagan tartida ochish imkoniyati keltirib chiqarganligi bo‘yicha to‘liq, asoslangan va xolisona tadqiqot jarayonida vujudga kelgan ishonch hosil bo‘lganidagina mumkin. Bu kabi yakuniy xulosada plombani buzish usuli aniq ifodalanishi shart.
Sud ballistika va izshunoslik ekspertizasi laboratoriyasi katta eksperti A.Yo’ldoshev