Adolat va odillik omili. Buning amaldagi ifodasini sud ekspertizasi tizimida ham yaqqolkoʻrish mumkin.

Masalaning mohiyatini  aniqlash, haqiqatni roʻyobga chiqarish, qonun va adolat tantanasini taʼminlashda ushbu tizimning oʻrni va roli nihoyatda katta. Bu boradagi serqirra tadbirlar, koʻlamdor ilmiy-amaliy tadqiqodlar yaqin-yaqinlargacha asosan Toshkent shahrida: X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan amalga oshirib kelingani, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari bilan bogʻliq taxchilliklar mazkur amaliyotni boshqa hududlarga koʻchirish yoʻlidagi orzu-umidlarga mudomo toʻsiq boʻlib kelgani koʻpchilikka yaxshi ayon.

Yurtimizda keyingi salkam oʻn yilning yoʻrigʻi oʻzgacha boʻldi. Mamlakatdagi yagona davlat ekspertiza tizimi yurtimizning hamma hududlari boʻylab ildiz yoydi. Joylarda markazning oʻnlarcha yangi boʻgʻin va shoxobchalari tarkib topdi. Ular shunchaki yoki nomigagina shakllangani yoʻq. Aksar shoxobchalar eng soʻnggi rusumdagi tadqiqod vositalari, asbob-anjomlar, laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi. Shu asnoda oʻta aniq yechimlar, jiddiy va murakkab tadqiqodlarni talab etuvchi ekspertiza tadbirlarini hududlarda ham bekamu-koʻst amalga oshirish imkoni tugʻildi.

Shu oʻrinda Xorazm–Respublika sud-ekspertiza tizimining mamlakatimiz viloyatlaridagi ilk shoxobchalardan biri tarkib topgan goʻsha sifatida tizim tarixidan munosib oʻrin topganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Kelasi  yil uning shakllanganiga chorak asr toʻladi. Faoliyatini yakka-yu, yagona xizmat turi– avtoulovlar ekspertizasi va ularni baholash bilan shugʻullanuvchi atigi bir nafar xodim bilan boshlagan mazkur shoxobcha endilikda butun boshli jamoaga aylandi. Ayni kunda  bu yerda jami 10 nafar masʼul xodim jismoniy va yuridik shaxslar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga turli yoʻnalishlarda ekspertiza-taqiqod xizmatlarini koʻrsatayapti.

Jamoa oʻtgan yili xizmatning yangi va zamonaviy turi–odam DNKsi  xizmatini joriy etish: taʼbir joiz boʻlsa, koʻpchilikni uzoq yillar mobaynida  Toshkent-u, Xorazm orasidagi sarsongarchiliklarga roʻparoʻ etib kelgan mashʼum qiyinchilikni yoʻldan olib tashlash, odamlarning uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilish singari xayru-savob amallar bilan boshladi. Markazning viloyat  boʻlimi qoshida inson nasli-nasabi hamda otalik va onalik faktini aniqlash, qon namunalari va boshqa bir qator ashyoviy dalillarni taqdqiq va tahlil etish yumushlari bilan shugʻullanuvchi sud-biologik DNK. laboratoriyasi oʻz faoliyatini boshladi. Eslatish zarur: bunday laboratoriyalar hozir Urganchdan tashqari Samarqand, Fargʻona va Surxandaryo shaharlarida ham faoliyat koʻrsatayapti.

Joriy etilgan qulaylik shuning oʻzidangina iborat emas. U xizmatlar miqyosi va koʻlamining jiddiy hamda sezilarli tarzda ortgani, kengaygani, xizmat qamrovi yanada keng doiraga chiqqani bilan izohlanadi. Shu oʻrinda tizim faoliyatida paydo boʻlgan ushbu qulaylikdan muayan idora va tashkilotlar (Tizim muqaddam davrda asosan huquq tartiboti idoralariga xizmat koʻrsatgan) bilan bir qatorda barcha oddiy fuqarolar ham toʻla bahramand boʻlishi mumkinligini  qoniqish bilan taʼkidlamoq joiz. Yurtimiz aholisiga nisbatan joriy qilingan ushbu imtiyoz mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyovning “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-sonli Farmonida oʻzining mujassam va mufassal aksini topdi. Unga binoan Respublika Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan roʻyxat asosida shartnomaviy tarzda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga belgilangan xizmat turlari boʻyicha tadqiqot oʻtkazish, uning yakunlari boʻyicha yuzaga kelgan fikrlar, chiqarilgan xulosalarni  mafaatdor shaxslar, tegishli idoralarga taqdim etish huquqi berildi.

Mamlakat hududlarida odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyalari tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlar esa Respublika  Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sud ekspertizasi sohasida ekspertlik ishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (2022-yil 10-yanvardagi 11-sonli) da yanada aniq va toʻlaqonli aks etdi. Markazning hududiy boʻlimlari hamda mavjud sud-biologik laboratoriyalarini xalqaro ISO/IYEC 17025 meyori talablariga javob beradigan binolarga joylashtirish, ushbu shoxobchalarni maxsus mebellar, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va jihozlar bilan taʼminlash nazarda tutildi. Vazirlar Mahkamasining bu dasturilamal koʻrsatmasi hozirgi kelib, viloyatimizda toʻla-toʻkis ado etildi. Boʻlim va unga qarshli DNK laboratroyasi har tomonlama qulay, ilmiy-amaliy tadqiqodlar uchun barcha shart-sharoitlar muhayo etilgan, zamonaviy va zaruriy vositalar bilan maxsus hamda yetarlicha jihozlangan  binoga ega boʻldi. Bu singari imkonlar ish sifati, samardorligi va koʻlamlarini mutassil oshirish garovi ekanligini tasavvur etish qiyin emas. Kechmish yili jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda sud tergov organlarining ajrim va qarorlari asosida jami 1338 ta asosli fikr va xulosalari taqdim etilgani fikrimiz dalilidir. Ular zamirida muhim ijtimoiy, maʼnaviy-axloqiy masalalarning moddiy va huquqiy yechimlari mujassam ekanligini anglash mushkul emas. Unga oid misollar anchagina.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Bogʻot tumanlararo sudining hal qiluv qarorida uqdirilishicha, Xiva tumanida yashovchi fuqaro Komiljon Matniyozov (Ushbu maqolada nomlari keltirilgan shaxslarning ism-shariflari oʻzgartirildi.) oilada dunyoga kelgan yakka-yu, yagona farzandning otasi ekanligini tan olmagan. Sobiq turmush oʻrtogʻi Gavhar Nurmatova uni farzand sifatida tiqishtirayotganini bayon etgan. Afsus. Oʻrtadagi kelishmovchilik sud majlisi chogʻida barham topmagan. Qonun bu kabi holatlarda masalani maxsus ekspertiza tadqiqodi orqali hal etishni taqozo qiladi. Ushbu tadbirning ijorosi sudning ajrimi va daʼvogar tarafning soʻroviga muvofiq Markazning viloyat boʻlimi DNK. laboratoriyasi mutaxasislari zimmasiga yuklatildi.

Biroq otalikni belgilash joʻn yumushlar sirasidan emas. Unga oid muammo va masalalar muqaddam davrlarda asosan joʻn usuldagi soʻrovlar, guvohlik koʻrsatmalari, aksariyati hollarda esa shubhali dalillar orqali qarab chiqilgan, Bahs va tortishuvlar oylar, hatto yillar mobaynida ham qonuniy yechim tomagan.

Mazkur holatda bu singari nojoizliklar kuzatilmadi. Oʻta aniq yechimlar, jiddiy va murakkab tadqiqodlarni amalga oshirish garovi sanalgan zamonaviy texnologik asbob-uskunalar shubha–gumon, eʼtiroz va noroziliklarga oʻrin qoldirmadi. Tahlillar, qon namunalari daʼvo asossiz ekanligini  koʻrsatdi. Bolaning otasi oʻzga shaxs emas, aynan uning oʻzi ekani yaqqol namoyon boʻldi. Daʼvogar ekspertiza xulosasini inkor etmadi. Adolat va qonuniylik namunasi esa sudning shu yuzadan chiqargan hal qiluv qarorida oʻz ifodasini topdi.

Haqiqatning asl namunasi bundan bir necha yil muqaddam Urganch tumanidagi Begovot qishlogʻida yashovchi Gulnora Saidova va uning marhum  eri Aziz Matchonov bilan birgalikda tiklangan 1 ming 200  kvadrat metr sahnli uy-joy binosiga egalik huquqini eʼtirof etish yuzasidan sudga qilgan murojati bois oʻtkazilgan sud-ekspertiza amaliyoti jarayonida ham yuzaga chiqdi. Maʼlum boʻlishicha, marhumning keyini turmush oʻrtogʻi M.Boyjonova  yer maydoni va undagi bino sathini oʻlchashga qarata kadastr idorasi tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishga qatʼiyan qarshilik koʻrsatgan, bu jarayonda ayrim soxtakorliklarga ham yoʻl qoʻyilgan. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius koʻmagida bino va u joylashgan yer maydoniga oʻzi va yana ikki nafar farzandi merosxoʻr ekanligini tasdiqlovchi qalbaki guvohnomani qoʻlga kiritgan. Yer va undagi uy-joy binosi sahnini aniqlash va baholash yuzasidan amalga oshirilgan ekspertiza tadbiri hamda unga asosan taqdim qilingan mutaxassis xulosasi pirovardida sudning adolatli qaroriga garov boʻldi.

Ayni shu yoʻsindagi sud ekspertiza tadqiqoti Urganchlik ikki nafar merosxoʻr Dilfuza Sodiqova (daʼvogar) va Dilshoda Yarasheva (javobgar) oʻrtasidagi nizoning moddiy va huquqiy jihatlariga toʻla aniqlik kiritdi. Amalga oshirilgan ekspertiza oʻlchash, aniqlash va baholash ishlari yakunida nizoli meros mulki: uy-joy va yer maydoni hajmi javobgarning qarshi daʼvo arizasida bayon qilinganidek, 568 kvadrat metr emas, balki 301 kvadrat metrdan  iborat ekani yaqqol maʼlum boʻldi.

Adolat va odillik, qonuniylik mezonlariga garov boʻlayotgan bu singari ekspertiza amallari oz emas. Boʻlim mutaxassislarining qiyin va mashaqqatli mehnati asnosida jismoniy shaxslar, manfaatdor idora va tashkilotlarga taqdim etilayotgan fikr va xulosalarning deyarli barchasi pirovardida mutasaddi mahkamlar, shu jumladan sudlar tarafidan ham qonun va adolat namunasi  sifatida eʼtirof qilib kelinayotgani jamoa oʻz yoʻlini qonun hamda adolat tamoyillari asosida toʻgʻri tanlagani va olgʻa intilayotganidan dalolat beradi.

Istiqbolda esa qonuniylikning yanada keng va ravon yoʻllari namoyon. Rejalar ham koʻlamdor. U adolat va haqiqatning yorqin ufqlarini koʻzlaydi. Yaqin istiqbolda tahlil va tadqiqot obyekti hisoblangan namunalar, ashyo va buyumlarga oid yangi kriminalistika ekspertizasi laboratoriyalari qoʻshimcha faoliyat turi sifatida bosqichma-bosqich tashkil qilinadi. Kadrlar safi ayni kezda ushbu kasb boʻyicha ixtisoslashtirilgan oliy oʻquv yurtida maxsus buyurtma va yoʻllanma asosida tahsil olayotgan  istiqbolli yoshlar hisobiga yanada kengayadi.

Istiqbol va taraqqiyot yoʻlidagi bunday intilish va izlanishlar Respublika Adliya vazirligi hamda unga qarashli sud-ekspertiza Markazining moddiy va amaliy madadi, rahnamoligi ostida oʻz ijobatini topayotgani yanada ahamiyatlidir.

X.Sulaymonova nomidagi Respublika Sud-ekspertizasi Markazining
Xorazm viloyati boʻlimi eksperti
X.Z.Sapayev