Organik kislotalar o’zi nima? Organik kislotalar-molekulada bir yoki bir nechta karboksil guruhlari mavjudligi bilan tavsiflangan alifatik yoki aromatik seriyali birikmalarga aytiladi.
Organik kislotalar (karbon kislotalar) tabiatda juda keng tarqalgan. Organik kislotalar mevalar tarkibida ko’p uchraydi. Mevalarda eng ko’p uchraydigan karbon kislotalar olma kislotasi, sut kislota, sirka kislota va limon kislotasidir. Folik kislota asosan olma, gilos va gilos kabi mevalarda (mevadagi karboksilik kislotaning taxminan 90%) mavjud. Limon kislotasi ko’proq sitrus mevalarida (masalan, limon, apelsin, greyfurt) va qulupnayda uchraydi. Bundan tashqari, apelsinda 10-25%, limonda 5% olma kislotasi mavjud. Ushbu kislotalardan tashqari, tartarik kislota faqat uzumda dominant karbon kislota hisoblanadi. Mevalarni uzoq muddatli saqlashda bu karbon kislotalarning bir qismi yo’qoladi. Shu sababli mevalarni uzoq vaqt saqlamasdan iste’mol qilish kerak.
- Sut kislotasi (Lactic acid)- Tabiatda 3 xil shaklda uchraydi. Sut kislotasi- qatiq, tuzlangan bodringda bo’ladi. Uglevodlar sut achituvchi bakteriyalar ta’sirida hosil bo’ladi. Ishlatilishi: Sut kislotasi (laktat) inson organizmida energiya almashinuvi, xususan, glyukozaning parchalanishi (glikoliz) natijasida hosil boʻladigan muhim oraliq mahsulotdir. Jismoniy faollikda mushaklarni energiya bilan taʼminlaydi, ammo haddan tashqari toʻplanishi charchoqqa olib keladi. Shuningdek, u ovqat hazm qilish, immunitetni qoʻllab-quvvatlash va oziq-ovqat sanoatida (qatiq, sut mahsulotlari) muhim rol oʻynaydi. Oziq-ovqat sanoati, teri oshlash va matolarni bo’yash uchun ishlatiladi.
- Sirka kislotasi (uksusnaya kislota)- Sirka kislotasi-rangsiz suyuqlik, xarakterli o’tkir hid va nordon ta’mga ega. O’tkir hidli, rangsiz, suvda yaxshi eruvchi organik kislota bo’lib, oziq-ovqat (konservant, ziravor), farmasevtika va kimyo sanoatida keng qo’llaniladi. U 98-99% li konsentratsiyada “muzli sirka” deb ataladi.
Quyidagilarga bo’linadi:
- oziq-ovqat (3-15%)
- texnik:
- sirka essensiyasi (70-80%)
- muz (100%)
70% texnik sirka kislotasi quyidagi sohalarda faol ishlatiladi:
- kimyo sanoatida, masalan, aseton kabi boshqa moddalarni sintez qiluvchi erituvchi va kimyoviy reagent sifatida;
- farmasevtika sanoati;
- qog’oz va qog’oz sanoati (bo’yash va bosmaxonada);
- bo’yoq, to’qimachilik va boshqa sanoatida.
Tashish xavfli yuklarni tashish “maxsus avtomashilarda” qoidalariga muvofiq holda tashiladi.
Laboratoriyada sirka kislotasi bilan ishlashda o‘tkir hidli, rangsiz va konsentratsiyalangan (muz kabi) holatda terini kuchli kuydiruvchi xususiyatga ega ekanligini hisobga olish lozim. Xavfsizlik choralari sifatida tortish shkafi (vtyajka)dan foydalanish, himoya ko‘zoynagi, qo‘lqop va xalat kiyish shart.
Asosiy xavfsizlik qoidalari: Himoya vositalari:Sirka kislotasi bug‘lari nafas yo‘llarini yallig‘lantiradi, shuning uchun ishni faqat tortish shkafida bajarish kerak. Teri va ko‘z himoyasi: (30%) dan yuqori konsentratsiyali kislota terini kuydiradi. Teri yoki ko‘zga tegsa, zudlik bilan ko‘p miqdorda suv bilan yuvib tashlash kerak.
Saqlash: Muz kabi sirka kislotasi (16,750C) da qotadi, shuning uchun uni saqlash haroratiga e’tibor bering.
Reaksiyalar: Sirka kislota bilan ishlashda ehtiyotkorlik bilan suyultiring (kislotani suvga quying).
Ko’p holatlarda yosh bolalarda yoki o’z joniga qasd qilish maqsadida konsentrlangan sirka kislotasini ichib olish holatlari kuzatiladi. Bunday holatlarda hazm yo’llarini kuchli kuyishi va hatto o’limga olib kelishi mumkin.
Olma sirkasi ushbu meva sharbatining fermentatsiyasi jarayonida ishlab chiqariladi. Uning 95 foizini suv, 5-6 foizini sirka kislotasi tashkil etadi. Sirka olmani maydalash, sharbatini chiqarib, keyin bakteriyalar va xamirturush qo‘shish orqali tayyorlanadi.
Olma sirkasining qanday foydali jihatlari bor?
Olma sirkasi qondagi qand miqdorini tartibga solishga yordam beradi, bu diabetga chalinganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin, ammo sirka qand kasalligini davolamaydi.
Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ovqatdan keyin sirka insulinga sezgirlikni oshirishi va qondagi shakar miqdorining keskin ko‘tarilishining oldini olishi mumkin.
Ammo olma sirkasi diabetdan aziyat chekadigan bemorlar uchun standart davolash o‘rnini bosmasligi kerak. Shicago Medicine mutaxassislarining ta’kidlashicha, olma sirkasi hech qachon dori-darmonlarning o‘rnini bosa olmaydi va faqatgina qo‘shimcha davolash maqsadida qo‘llanadi. Muhim jihat: olma sirkasini buyrak kasalliklari bor har qanday shaxs iste’mol qilishi man etiladi. Sirkani davo sifatida qo‘llashdan oldin birinchi navbatda shifokor bilan maslahatlashish muhim.
Vaznni nazorat qilish
Olma sirkasini muntazam iste’mol qilish tana vaznini nazorat qilishga yordam beradi, degan nazariya mavjud. Ammo sirka sog‘lom ovqatlanish tartibi va jismoniy mashqlar bilan birgalikda qo‘llangandagina foydaga xizmat qiladi.
2018 yilda Journal of Functional Foods nashrida chop etilgan tadqiqotda 44 nafar ortiqcha vaznli odamlar ishtirok etdi. Unda olma sirkasining vaznga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, doimiy parhez, jismonan faollik bilan bir qatorda olma sirkasidan oz-oz iste’mol qilib turish tana vaznini tushirishga va ichki (visseral) yog‘lar miqdorini sezilarli darajada kamaytirishga yordam berganligi qayd etilgandi.
Ovqat hazm qilish tizimi yaxshilash: Sirka tarkibida probiotiklar kabi ta’sir ko‘rsatadigan foydali bakteriyalar mavjud. Ular oshqozondagi kislota balansini saqlash, jig‘ildon qaynashini kamaytirish hamda oshqozon-ichak traktini yaxshilash uchun yordam beradi.
Mikroblarga qarshi xususiyati: Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, olma sirkasi mahalliy qo‘llanganda sirkadagi kislota zamburug‘larga qarshi yaxshi kurashadi va teri infeksiyalariga olib keladigan zararli bakteriyalarni o‘ldiradi.
Suvda eritilgan olma sirkasi tanadagi husnbuzarlarga qarshi kurashda ham samara beradi, biroq sirkani tanaga surtishdan avval unga suv qo‘shish, biror qismda allergik tajriba o‘tkazish muhim. Aks holda terida qizarish, qichishish kabi noxush holatlar yuzga kelishi mumkin.
Xolesterin darajasini pasaytirish: Sirkani me’yorida (kuniga maksimum 750 milligramm) iste’mol qilish xolesterin va triglitseridlar darajasini pasaytirishga yordam beradi. Ularning ortishi yurak xastaliklariga chalinish xavfini yuzaga keltiradi.
Olma sirkasidan qanday foydalanish lozim: Agar siz ham olma sirkasi ichishga qaror qilgan bo‘lsangiz, uning tarkibida katta miqdorda kislota saqlanishi, kislota tishlar emalini yemirib yuborishi va ovqat hazm qilish trakti ishini izdan chiqarishi mumkinligini yodda tuting. Shuning uchun ham ekspertlar sirkani suv bilan aralashtirib ichishni, tishlar emali zararlanmasligi uchun sirkani ichib bo‘lgach, tishlarni darhol tozalashni maslahat berishadi. Sirkani suvda eritish tomoq va oshqozon shilliq qavatini himoya qilish uchun ham muhim. Odatda bir stakan suvga bir osh qoshiq sirka qo‘shib ichiladi.
Olma sirkasining zarari: Sirka tarkibida katta miqdorda kislota saqlanadi, u tomoq va qizilo‘ngachning nozik to‘qimalarini osongina zararlaydi. Shifokorlar tish emali bilan bog‘liq muammolari yoki kislota refluksi bor odamlarga olma sirkasini iste’mol qilishni mutlaqo taqiqlashadi.
Ovqatga qo‘shish: Olma sirkasini turli sabzavotlardan tayyorlangan salatlarga, ko‘katlarga qo‘shish, zaytun yog‘i bilan aralashtirib ishlatish mumkin. Bunday taom parhez tutayotgan shaxslar uchun ayni muddaodir.
Organik kislotalarning (karbon kislotalar) ayrim vakillari va ishlatilishi: Metan kislota-Formik kislota yoki chumoli kislotasi sifatida ham tanilgan. Lotincha «formica (formica)» chumoli degan ma’noni anglatadi. Bu birinchi marta 1670 yilda chumoli turlarining sekretsiyasi bezlarida topilgan. Chumoli kislotasi qichitqi o’ti barglarida ham uchraydi.Tibbiyotda biologik eksponatlarni saqlashda konservant sifatida ishlatiladi.
Etan kislotasi yoki sirka kislotasi sifatida ham tanilgan. Lotincha «acetum (acetum)» sirka degan ma’noni anglatadi. Uyimizda ishlatadigan sirka kislotasining 5% li suvli eritmasidir. Olma va uzum sirkasi eng tabiiy manbasi hisoblanadi. Sirka kislotasini boshqa mevalardan tabiiy ravishda olish mumkin, shuningdek, sanoatda laboratoriya sharoitida sun’iy ravishda ishlab chiqariladi. Uy-ro‘zg‘orda savzavotlarni konservalashda konservator sifatida, tibbiyotda dizinfeksiya vositasi sifatida ishlatiladi.
Salitsil kislotasi tabiiy ravishda tol daraxtidan olingan kislotadir. Salitsil kislotasi tarkibida benzol halqasi bor, shuning uchun u aromatikdir. Salitsil kislotasi aspirin ishlab chiqarishda ayniqsa qo’llaniladi. Aspirin qadim zamonlardan beri ma’lum bo’lgan dunyodagi eng ko’p ishlatiladigan og’riq qoldiruvchi va isitmani pasaytiruvchi vositadir.
Ftalik kislota, Naftalindan ftalik kislota angidridiga suv qoʻshib sunʼiy yoʻl bilan olinadi. Ftal kislotasidan ishlab chiqarilgan ftalatlar, ayniqsa, plastmassa sanoatida (shisha, emzik va poliester ishlab chiqarish) va shaxsiy parvarishlash vositalarida (shampun, sochni parvarish qilish mahsulotlari kabi) qo’llaniladi.
Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik laboratoriyasining yetakchi eksperti F.Z.Samadova va ekspert D.T.Karimova