Sud qurilish-texnik ekspertizasini o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari va yo‘nalishlari

Hozirgi kunda talab ortib boriyatgan ekspertiza turlaridan biri bu – sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi xisobdanadi. Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi asosan sudlar tomonidan shaxsiy, umumiy mulki bo‘lgan uy-joylarni bo‘lib berish yoki shaxsiy hissasini ajratib berish, oldi-sotdi shartnomalarini bekor qilish, vasiyatnomalarni (uy-joy bo‘yicha) bekor qilish, uyga suv toshirish natijasida yetkazilgan zararni qoplash, nikohni bekor qilish va mulkini bo‘lib berish, bajarilmagan ishlarni yoki sifatsiz bajarilgan ishlar mablag‘ miqdorini undirish singari fuqarolik ishlari bilan bog‘liq da’volarda tayinlanadi.

Bunday vaziyatda ekspert turar va noturar bino inshootlarning hozirgi kundagi bahosini aniqlash, turar va noturar bino inshootlarni yer maydoni bilan hamda yakka xolda bo‘lish imkoniyatlarini aniqlash, da’vo qilinayotgan uy-joyni, texnik jihatdan qurilish normalari va qoidalarini buzmagan holda bo‘lish, o‘z ixtiyori bilan qurilgan turar va noturar bino inshootlarning QMQ va ShNQ ga zid yoki mos tarzda qurilganligini aniqlash, qurilish-montaj, tamirlash ishlari uchun ketgan sarf-xarajatlarning miqdori (smeta) asosli asossizligini aniqlash, da’vo qilinayotgan uy-joyni ajratib berilgan ulushlar asosida bo‘lish, texnik jihatdan bo‘linishi mumkin bo‘lgan uy-joyning da’vo qilinayotgan hissalarini aniqlash, ruxsatsiz (o‘z ixtiyori bilan) qurilgan qurilmalardan foydalanish tartibini aniqlash kabi vazifalarni bajaradi.

Bugungi kunda sud qurilish-texnikaviy ekspertizasi uchta yo‘nalish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazadi.

–  “Qurilish ob’ektlarini tadqiqot qilish”;

–  “Yer ob’ektlarini tadqiqot qilish”;

–  “Yer maydonlariga bo‘lgan foydalanish huquqining qiymatini aniqlash”

Loyihalash, qurilish, bino va inshoatlardan foydalanish, baholash bo‘yicha bilimlar sud qurilish-texnikaviy ekspertiza ilmiy asoslarining poydevorini tashkil qiladi.

Sud qurilish-texnikaviy ekspertiza predmetini ish bo‘yicha faktik ma’lumotlarni aniqlashga qaratilgan texnik masalalar tashkil qiladi. Ular qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi:

– qurilish inshooti va bajarilgan ishlarning aniq bir sinfi, turi, xili bo‘yicha tegishliligi haqida;

– qurilish obyektlari (sanoat, ko‘chmas mulk, turar joy) bahosini aniqlash va ko‘p qavatli uylarda joylashgan honadonlarga suv toshishi natijasida yetkazilgan zarar ya’ni ta’mirlash tiklash ishlarining qiymati bo‘yicha tuzilgan smeta xujjatlarini tuzatish yo‘li orqali (taxminiy bajariladigan ishlar) narxini aniqlash (bunda ekspert ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida tadqiqot o‘tkaziladigan obyekt(lar) va taqdim etilgan smeta hujjatida aks ettirilgan ish turlarini solishtirish yo‘li orqali ma’lumotlarni qayd etadi. Shu sababli tadqiqot obyekti ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida ta’mirlanmagan holatda bo‘lishi lozim);

– qurilish ob’ektlarining Shaharsozlik va texnik me’yorlarga mos kelishi yoki kelmasligi;

– qurilish ob’ektlari yoki konstruksiyalarini ekspluatatsion yoki funksional sifatlarini qisman yoki to‘liq yo‘qotish sabablari;

– ko‘chmas mulk ob’ektlarini qayta tuzish imkoniyatlari to‘g‘risida (turar joylardan foydalanish va bo‘lish).

– bino va inshoatlarning avvalgi texnik holati bo‘yicha hujjatlari (ko‘chmas mulk, turar joy).

Sud qurilish–texnikaviy tadqiqot ob’ektlariga binolarni loyihalashtirish, qurilish va ekspluatatsiya bo‘yicha loyiha-smetalari va ishlab chiqarish-texnikaviy hujjatlari, turar joy, jamoat va ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bino va inshoatlarning kadastr hujjatlari, muhandislik tarmoqlari hamda shu bino va qurilmalarning o‘zi kiradi.

X.Sulaymonova nomidagi RSEMnig
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi
sud qurilish-texnikaviy eksperti D.Tajiev