Sud avtotexnika ekspertizasi – bu mexanika (asosan avtomobil nazariyasi), fizika, matematika va h.k. fanlarning qonuniyatlariga asoslangan ilm tarmogʻidir. Yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha ekspertiza – bu har bir alohida hodisaning barcha jihatlarini maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan murakkab ilmiy-texnik tadqiqotdir.
Sud avtotexnika ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 180-moddasiga asosan tergovchi, surishtiruvchi va prokurorning qarori va sudning ajrimi asosida oʻtkaziladi.
Markazning Buxoro viloyat bo’limida sud avtotexnika espertizasi bo’yicha, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari boʻyicha pullik xizmatlar asosida mutaxassis fikri berish yoʻlga qoʻyilgan.
Buning uchun fuqaro Buxoro viloyat bo’limi nomiga ariza bilan, yuridik shaxs esa yoʻllama xat bilan murojaat qiladi va qanday savol hal etilishini ariza yoki murojaatida koʻrsatib oʻtadi.
Jumladan 2018-yil 01-noyabrdagi Adliya vazirining 2018-yil 31-oktyabrdagi 337-um-son buyrugʻiga Ilovasiga asosan tariflar quyidagicha:
Mutaxassis fiklarini tariflari ekspert oʻtkazadigan tadqiqotlarning obyektlari kam yoki koʻpligi xamda hal etiladigan savollarning murakkabligiga qarab farqlanadi. Ular oddiy, oʻrta va murakkabga boʻlinadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, har qanday YTH mexanizmi — bu haydovchilarning harakatlari va yuzaga kelgan oqibatlar o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlovchi omillar va holatlarning murakkab majmuasidir.
Bugungi kunda yo’llarda va avtomobillarda raqamli videoyozuv tizimlarining keng tarqalishi va tobora ko‘proq yo‘l-transport hodisalari videokuzatuv kameralari, shuningdek avtomobil vidioregistratorlariga muhrlanmoqda. Bu esa Yo‘l-transport hodisasi (YTH) holatlari haqida to’liq ma’lumot olish eng katta imkoniyatini taqdim etadi.
Bugungi kunda markaz va uning huduiy bo’limlari tomonidan “DTP Expert” kompyuter programmasi amaliyotga tadbiq qilinishi, ushbu dastur asnosida ekspertiza tadqiqotlarini amalga oshirish, shu bilan birga jismoniy va yuridik shaxslar uchun mutaxassis fikrlari berish imkoniyati mavjud bo’lib.
Vidioyozuvlar asosida bugungi kunda quydagi masalalar hal qilib kelinmoqda:
- harakat ishtirokchilari orasidagi masofani yoki ularning yo‘l qoplamasidagi aniq vaqtdagi joylashuvini belgilash;
- transport vositalarining harakat xarakteri va parametrlarini aniqlash;
- transport vositalarining harakatini o’zgartirgan yoki yo’qligi va ularning harakat bo’lakrini;
- svetoforlarning ishlash rejimini aniqlash.
Ushbu masalalarni hal etish uchun mutaxassisga taqdim etilgan materiallar, ya’ni vidioyozuvning asl nusxasi talab etiladi.
Videoyozuv – bu kameraning koʻrish maydonidagi yorugʻlik va obyektlar holatining vaqt boʻyicha o‘zgarishlarini aks ettiruvchi ketma-ket kadrlardan iborat boʻlgan tasvirlar yig‘indisidir.
Vidoeyozuv ma’lum texnik xususiyatlarga ega bo‘lib, tadqiqot usullarini tanlashda bevosita o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Videoyozuvning asosiy texnik parametrlariga yozuv kadrlarining o‘lchami va chastotasi, shuningdek, video ma’lumotlarni kodlash va siqish algoritmlari kiradi.
“DTP Expert” kompyuter dasturi esa yagona tasvir (kadr)ning informativligi, birinchi navbatda, uni tashkil etuvchi piksel soniga bog‘liq bo‘lib, bu ko‘rsatkich kadrning formati (o‘lchami) bilan belgilanadi. Kadr formati tasvirning diskretizatsiyalaydi va tasvirning mayda tafsilotlarini ajratib ko‘rish imkoniyatini beradi. Bu kadrlarning ketma-ket almashinuvi obyektlarning harakat dinamikasini kuzatish imkonini beradi.
Kadr o‘lchamidan tashqari, tasvir sifatiga obyektiv xossalari, yorug‘lik sezuvchan matritsa va videoma’lumotlarni kodlash va siqish algoritmlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi omillarning yig‘ma ta’siri tasvir sifatini sezilarli darajada yomonlashtirishi, hattoki uning informativligini butunlay yo‘qotishigacha olib kelishi mumkin. Signalni qayta ishlashning turli usullaridan foydalanish ayrim salbiy omillarni qisman bartaraf etish yoki ularning tasvir sifatiga bo‘lgan subyektiv ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.
Yuqoridagi savollarni hal etish uchun tadqiqotlarni oʻtkazishga qo’shimcha maʼlumotlar zarur bolishi mumkin va bu maʼlumotlarni murojaatchi taqdim etadi xamda uning haqiqiyligiga u javob beradi. Ekspert oldiga qoʻyilgan savol doirasida boshqa qoʻshimcha maʼlumotlar xam talab qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi
Buxoro viloyati boʻlimi yetakchi eksperti, 2-darajali yurist
Baxtiyor Bobomurodovich Izomov