Mamlakatimizda avtomobilsozlik tarmog’i juda tez suratlar bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda yo’l harakati xavfsizligini takomillashtirilishi juda muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalaga aylanib bormoqda. Bu masalani hal etishda jinoiy, ma’muriy va fuqaroviy-huquqiy xarakterdagi choralar katta ahamiyatga ega. YTH fakti bo’yicha jinoiy ishlarni tergov qilish, ma’muriy va sud muhokamasi o’zaro aloqadagi, umuman olganda yo’l harakati yuzaga keladigan “haydovchi-avtomobil-yo’l-muhit” elementlarining butun majmuini qamrab oladigan maxsus texnik bilimlarni talab etadi. Ko’p hollarda jinoyatning yoki qoida buzilishini tarkibini faqat sud avtotexnik ekspertizasi (SATE) o’tkazilganidan keyin aniqlash mumkin.
SATE o’z ichiga YTH qonuniyatlari to’g’risida muhandislik-transport va kriminalistik bilimlarni, ularni tadqiq qilish uslubiyotlari va avtotexnik ekspertiza masalalarini yechish uslublari to’g’risidagi bilimlarni oladi. SATE – sud muhandislik-transport ekspertizasining turi, uning mazmuni YTH mexanizmini va uning holatlarini, transport vositaning va yo’lning texnik holatini, uning ishtirokchilarining psixofiziologik xususiyatlarini va ularning xarakatlarini ekspertlik tadqiq qilish va aniqlashdaniborat. Ish materiallari va hodisa joyini hamda TV ni ko’zdan kechirish natijalari, ulardagi izlar, TV ning o’zi, ularning detallari, qismlari, agregatlari, tizimlari, haydovchi va uning harakatlari, shuningdek boshqa dastlabki ma’lumotlar tadqiq qilinadi.
YTH asosan quyidagi turga bo’linadi:
- piyodalarni urib ketish;
- transport vositalarining to’qnashuvi;
- transport vositalarining ag’darilishi;
- qo’zg’almas to’siqlarni urib ketish;
- nomexanik transport vositalarni urib ketish;
- transport vositalardan yo’lovchilarning yiqilishi.
SATE muhandislik-transport ekspertizasining yo’nalishi sifatida turlarga va kichik turlarga bo’linadi. Bu turlar predmeti, obyektlari va xususiy uslublari bo’yicha farq qiladi. Isbotlash predmetini va maxsus bilimlarni hisobga olib, SATE keyingi turlarga ajratishи mumkin:
– YTH holatlarining matematik xisob-kitoblar bilan tadqiqot qilish sud ekspertizasi;
– TV va ularning qism xamda agregatlarining texnik holatini tadqiqot qilish sud ekspertizasi;
– Avtomobil yo’llari ekspertizasi.
SATEning ko’rsatilgan har bir turi ma’lum bir masalalar doirasiga ega. Bu masalalar shu turdagi ekspertiza bilan mustaqil yoki SATEning boshqa turlari bilan birgalikda hamda transport sinfiga tegishli bo’lmagan ekspertizalar – trassologik, tibbiy, materiallar, moddalar va ashyolar kriminalistik ekspertizasi, metallshunoslik, hujjatlarni texnik tadqiq qilish va boshqa ekspertizalar bilan echilishi mumkin.
YTH holatlarining sud ekspertizasi yo’l-transport vaziyatlarini tadqiq qilishni, transport vositaning, boshqa obyektlarning va piyodalarning YTH jarayonida harakatlanish parametrlarini hisoblashni hamda haydovchilarning harakatlari va imkoniyatlari tahlilini o’z ichiga oladi.
YTH holatlarining sud ekspertizasi predmeti bo’lib – YTH to’g’risida, transport vositaning yuklanganligi, texnik holati, harakatlanish tezligi, qatnov qismi qoplamasi to’g’risida, uning holati, qatnov qismining bo’ylama va ko’ndalang profillari, TV ning harakatlanish rejimi va hokazolar to’g’risida faktik ma’lumotlar hisoblanadi.
YTH holatlari bo’yicha sud avtotexnika ekspertizasi doirasida quyidagi masalalar hal etiladi:
- TVning harakatlanish tezligini va boshqa parametrlarini aniqlash;
- TVning tormoz va to’xtatish masofasini hamda to’xtatish vaqtini aniqlash;
- TVning, piyodalarning va boshqa obyektlarning YTH joyidan uzoqligini aniqlash (ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) ko’rsatgan aniq vaziyatlarda).
- ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) ko’rsatgan aniq vaziyatlarda YTHning oldini olishning texnik imkoniyatini aniqlash;
- YTHning turli paytlarida TVning o’zaro joylashuvini aniqlash (to’qnashuv vaqtida, to’qnashuvdan oldin, to’qnashuvdan keyin);
- TVning yo’lning ma’lum bir masofani o’tish vaqtini aniqlash;
- YTHdan oldin (to’siqqa urilish, TVning to’qnashuvini, ag’darilishi va hokazolar) xavfning paydo bo’lish vaqtini aniqlash (agar bunda tegishli hisoblashlar, modellashtirish va eksperiment o’tkazish uchun maxsus bilimlar zarur bo’lsa);
- haydovchi hodisaning oldini olish uchun oxirgi texnik imkoniyatiga ega bo’lgan vaqtida TV va to’siqning o’zaro holatini va joylashuvini aniqlash;
- yo’l harakatlanishi xavfsizligini ta’minlash nuqtai-nazaridan qaraganda yuzaga kelgan YTVda haydovchi qanday harakat qilishi kerak bo’lganligini aniqlash;
- Yo’l harakati qoidalariga (O’zbekiston Respublikasi YHQ) asosan xaydovchi uchun harakatlanish xavfning paydo bo’lish paytidan boshlab u qanday harakatlanish kerak edi va amalda bo’lgan YHQga zidliklar mavjudligini aniqlash;
- TV haydovchisi harakatlarining O’zbekiston Respublikasi YHQga va yo’l harakati xavfsizligini belgilab beruvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelishini aniqlash;
- ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) YTH bo’yicha aniqlangan va ekspertizaga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra haydovchi (harakatlanish uchun xavfning yoki to’siqning paydo bo’lishini oldin ko’ra bilishning obyektiv imkoniyatiga ega bo’lganda) transport vositani tezligini pasaytirish orqali yoki to’siqni aylanib o’tish orqali YTH oldini olishning texnik imkoniyatini aniqlash;
- haydovchining transport vositani boshqarish vaqtidagi harakatlari (harakatsizligi) va texnikaviy oqibatlar (piyodani bosish, to’qnashuv, ag’darilish va hokazolar) o’rtasidagi sababiy bog’lanishni aniqlash;
- YTHning oldini olishning texnik imkoniyatini nafaqat ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) ko’rsatgan boshlang’ich ma’lumotlar bo’yicha, balki ekspert tomonidan hisoblash yo’li bilan aniqlangan, shu jumladan hodisa sharoitining ish materialidan kelib chiqadigan bir nechta variantlari bo’yicha ham xaydovchini texnik imkoniyatini aniqlash. (ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) tomonidan ekspertizaga taqdim etilgan ma’lumotlarni va ekspert tomonidan tadqiq qilingan variantlarning zidligini ekspert o’z xulosasida ko’rsatib o’tilishi kerak);
- yo’lda mavjud bo’lgan YTH sodir etilishiga sabab va sharoitlarni aniqlash va x.k;
- YTH holatlari ekspertizasining keltirilgan masalalaridan ayrimlarini faqat SATEning boshqa turlari tomonidan yoki yuqorida keltirilgan transport sinfiga tegishli bo’lmagan sud ekspertizalari tegishli masalalar yechilganidan keyin yechish mumkin.
X.Sulaymonova nomidagi Respublika
sud ekspertiza markazining
Sirdaryo viloyat bo’limi mudiri v.b. A.Elibayev